Afrikaning Mozambik davlatida “qora” qit'adagi eng uzun osma köprik oçildi. Bu haqda “Sinxua” axborot agentligi xabar berdi.
Ikkita minorali 3 kilometrlik köprik Hind okeanidagi Maputu körfazi ustidan ötgan. Köprik Xitoy kompaniyalari tomonidan taşabbus bildirilgan Link Roads loyihasining bir qismi hisoblanadi. Köprik qurilişi Xitoy tomonidan moliyalaştirilgan.
Mozambik hukumati köprik mamlakatda sayyohlik va iqtisodiyotning rivojlanişiga turtki berişiga umid qilmoqda. U Mozambikning şimoli va janubini boğlovçi transport arteriyasiga aylanadi. Köprikning oçiliş marosimi Xitoy elçisi iştirokida bölib ötgan.
2009 yildan boşlab Xitoy Afrikaning boş hamkori hisoblanadi. Xitoy Afrika davlatlaridan tovarlar import qiladi va bu davlatlar iqtisodiyotiga sarmoyalar kiritadi hamda buning evaziga Afrika davlatlari tabiiy zaxiralarini oliş imkonini oladi.
















