11 noyabrda Parijda Birinçi jahon uruşi yakunlanganining 100 yilligiga atalib tinçlik forumi oçildi.
Forum ötkazilişiga Fransiya prezidenti Emmanuel Makron taşabbus bildirgan va u zamonaviy dunyoda keskinlik oşayotganiga javob bölişga çorlangan. Davlatlar rahbarlari va boş vazirlari, xalqaro taşkilotlar vakillari Birinçi jahon uruşi yakunlanganining 100 yilligiga bağişlangan Triumfal arkadagi tantanali marosim va Yelisey saroyidagi lançdan keyin forumda iştirok etişga kelişgan. Forumni Makron oçib bergan, u öz nutqida bunday tadbirning muhimligini ta'kidlab ötgan va uning ötkazilişiga öz hissasini qöşgan barçaga minnatdorlik bildirgan.
“Biz yaşayotgan dunyo jamiyatlarimizga putur yetkazayotgan inqirozlardan zaiflaşgan. Şu sababli har yili ötadigan Parij tinçlik forumini taşkil etişga qaror qildik. Bu yerga kelganlarga minnatdorlik bildirmoqçiman”, deb aytgan Fransiya prezidenti.
Şuningdek, oçiliş marosimida BMT boş kotibi Antoniu Guterreş va Germaniya kansleri Angela Merkel ham nutq sözlagan.
Forum işi 3 kun – 13 noyabrgaça davom etadi. Forumning vazifasi global tartibga solişni yaxşilaş hisobiga tinçlikni mustahkamlaş va xalqaro keskinlikni kamaytirişga yordam beruvçi omillarga kömak berişdan iborat. Forumni har yili ötkaziş taklif qilingan.












