Özbekiston Respublikasi Prezidentining «2019 yilda rasmiy sanalarni nişonlaş davrida qöşimça işlanmaydigan kunlarni belgilaş va dam oliş kunlarini köçiriş töğrisida»gi farmoni imzolandi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.

Prezident farmoni bilan 2019 yilda fuqarolarning rasmiy sanalarni nişonlaş davrida töliq dam olişi uçun şaroitlar yaratiş, dam oliş va bayram kunlaridan oqilona foydalanişini ta'minlaş maqsadida dam oliş kunlari belgilandi.

2019 yilda quyidagi qöşimça dam oliş kunlari:
2 yanvar – çorşanba;
22 mart – juma;
2 sentabr – duşanba.

2019 yilda quyidagi dam oliş kunlari köçiriladi:
5 yanvar – şanba 3 yanvar – payşanbaga;
1 iyun – şanba 6 iyun – payşanbaga;
7 sentabr – şanba 3 sentabr – seşanbaga;
28 dekabr – şanba 31 dekabr – seşanbaga.

- byudjyet taşkilotlarida uşbu Farmonning 1-bandida belgilangan qöşimça dam oliş kunlari har yilgi mehnat ta'tilining davomiyligini uç iş kuniga qisqartiriş hisobiga qoplanadi;

- har yilgi mehnat ta'tili davrida saqlanadigan örtaça oylik iş haqi miqdorini hisoblaşda mehnat ta'tilining amaldagi davomiyligi hisobga olinadi, unga uşbu Farmonda belgilangan qöşimça dam oliş kunlari qöşiladi;

- har yillik mehnat ta'tilining davomiyligi qisqartiriş hisobga olingan holda ön beş iş kunidan kam bölmasligi kerak;

- byudjyet taşkiloti hisoblanmagan taşkilotlarda uşbu Farmonning 1-bandiga muvofiq qöşimça dam oliş kunlari mehnat ta'tiliga qöşimça boşqa kunlar bilan bir qatorda moliyaviy imkoniyatlardan kelib çiqqan holda, jamoa şartnomalari yoki iş beruvçilar tomonidan kasaba uyuşmasi qömitalari bilan kelişib qabul qilinadigan boşqa lokal normativ hujjatlarda belgilanadi.