SWIFT kompaniyasi öz tizimidan Eronning markaziy banki va boşqa moliyaviy muassasalarini uzib qöydi. Bu haqda AQŞ moliya vaziri örinbosari Sigal Mandelkerga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar berdi. 

SWIFT bir hafta avval Eronning bir qator banklarini axborot almaşiş tizimidan uzib qöyganini ma'lum qilgandi. Uşbu qaror AQŞning Eronga qarşi sanksiyalarni tiklaşi bilan boğliq holda qabul qilingan.  

SWIFT banklararo axborot almaşiş va tölovlarni amalga oşiriş uçun möljallangan xalqaro tizim bölib, uning ta'sisçilari 19 ta davlatdan 248 ta bank hisoblanadi.