«Mançester Siti» boş murabbiyi Pep Gvardiola Angliya çempionligi uçun asosiy da'vogarlar haqida gapirdi.
«Menimça, «Man Siti» xuddi «Liverpul», «Çelsi», «Arsenal» va «Tottenhem» qatorida çempionlik uçun asosiy da'vogarlardan biri. Biz eng yaqin ta'qibçidan faqat 2 oçko oldindamiz.
Ötgan mavsumda biz «Enfild»da oçko ololmagandik, bu mavsumda esa durang öynadik.
Biz bu mavsumda ham yaxşi öynamoqdamiz. Men hamişa öyinni yanada yaxşilaş tadorigini köraman.
Hozir noyabr. Oldinda hali köp öyinlar bor, hali birinçi davra ham yakunlanmadi, futbolda har narsa bölişi mumkin.
Endi biz özimizni yaxşi his qilmoqdamiz. «Man Siti» terma jamoa öyinlari tufayli yuzaga kelgan tanaffusdan keyingi davrni yaxşi ötkazdi, biz undan oldingi oxirgi öyinda «Liverpul» darvozasiga öyin oxirida penaltidan gol urolmagandik.
Biz keyingi oy mobaynida a'lo darajada öyin körsatdik. Köp gol urdik va köplab golli vaziyatlar yaratdik. «Man Siti» ritmga tuşib oldi», – degan Gvardiola.









