Avgustda 57 yoşini qarşilagan ekstremal 13 noyabr soat 11 atrofida binoga kötarilişni boşlagan va binoning eng yuqorisiga deyarli çiqa olgan. Biroq ekstremal binoning tomiga çiqişni uddalay olmay, yuqori qavatdagi xonalardan birining oynasi orqali bino içiga kirgan. Uning ortidan politsiyaçilar kuzatib turişgan. Rober liftda birinçi qavatga tuşgaç, politsiyaçilar tomonidan uşlanib, komissariatga olib ketilgan. 

Bu Roberning joriy yilda Defansdagi ofis binolariga ikkinçi kötarilişidir. 25 mart kuni u Engie energetik kompaniyasining 145 metrlik binosiga 45 daqiqa içida kötarila olgandi.

Ginness rekordlar kitobiga kiritilgan fransuzning hisobida bunday kötarilişlardan yuzga yaqin bor. U öz vaqtida AQŞdagi Empayr-steyt-bilding, Parijdagi Eyfel minorasi, Moskva davlat universitetining boş binosi, Kuala-Lumpurdagi Petronas minoralari, Barselonadagi Agbar binosini zabt eta olgan.

“Örgimçak-odam” Defans tumanida şuningdek Total va Areva kompaniyalari binolariga kötarilgan.