Kanadaning Kalgari şahri aholisi referendumda öz şaharlarida 2026 yilgi Olimpiya öyinlari ötkazilişiga qarşi çiqişdi.

Ovoz beriş 13 noyabr kuni bölib ötdi, 14 noyabr kuni Toşkent vaqti bilan soat 08:00da tugadi.

«Si-bi-es» telekanaliga ma'lum bölgan xabarlarga köra, Kalgari aholisining referendumda iştirok etgan 304,7 mingidan 56,4 foizi qarşi ovoz bergan.

Avvalroq, Kalgari meriyasi, Alberta provinsiyasi rahbariyati va federal hukumat vakillari Kanada arizasi ğalaba qozonadigan bölsa, Ottava 2026 yilgi qişki Olimpiya öyinlarini moliyalaştirişi böyiça kelişuvga erişgandi. Biroq, avvaliga Öyinlarni qabul qiliş huquqi böyiça kuraş haqidagi qarorni şahar aholisi referendumda qabul qilişi lozim edi.

9 oktabr kuni Xalqaro olimpiya qömitasining (XOQ) Buenos-Ayresdagi yiğilişida 2026 yilgi qişki Olimpiya öyinlarini ötkaziş uçun uçta ariza tasdiqlandi: Kalgari, Italiyaning Milan va Kortina-d'Ampetstsosi, şuningdek, Stokgolm. Turkiyaning Erzurumi arizasi rad etildi.

2026 yilgi Olimpiya öyinlari poytaxtini tanlaş 2019 yilda Xalqaro olimpiya qömitasining Lozannadagi 132-sessiyasida bölib ötadi.