Qahva haqidagi ilmiy ma'lumot Instituti (ISIC) mutaxassislarining aniqlaşiça, uşbu içimlikni iste'mol qiliş insulinga boğlangan diabet kasalligi (2-turdagi diabet) xavfini kamaytirişga yordam beradi. Bu haqda EurekAlert!’dagi matbuot uçun xabarnomada aytilgan.
Olimlar qahva va metabolik kasalliklar örtasidagi boğliqlikka aloqador 30 ta tadqiqot ma'lumotlarini tahlil qilişdi. Ularda jami 1 185 210 kişi iştirok etgan. Ma'lum bölişiça, kuniga 3-4 çaşka qahva iste'mol qiliş ham ayollarda, ham erkaklarda 2-turdagi diabet paydo böliş xavfini 25 foizga kamaytiradi. Şu bilan birga, kofeinsiz qahva ham foydali ta'sirga ega.
Mutaxassislarning fikriga köra, içimlik yalliğlanişga qarşi ta'sir kuçiga ega, antioksidant effekti mavjud, içak mikroflorasiga ijobiy ta'sir körsatadi, şuningdek, yoğni yöqotişga yordam beradi. Tadqiqotlar şuni körsatdiki, qahvada kofein, kofein kislotasi, gidroksikorik kislotalar, trigonellin va diterpenlar, şu jumladan, yalliğlanişga qarşi ta'sirga ega kefestol va kaxveol kabi köplab foydali moddalar mavjud.









