Makedoniyaning sobiq boş vaziri, öz vatanida ikki yilga ozodlikdan mahrum etiş jazosiga hukm qilingan Nikola Gruyevskiy Facebook’da Vengriyada ekanligini va bu mamlakatdan siyosiy boşpana söraganligini ma'lum qildi.
Respublikaning sobiq boş vaziri va VMRO-DPMNe muxolifatçi partiyasi rahbari Gruyevskiy Makedoniyada qidiruvga berilgandi. U Skope asosiy sudi tomonidan narxi 500 ming yevrodan qimmat turuvçi avtomobilni sotib olişda xizmat mavqeini suiiste'mol qilganligi uçun ozodlikdan mahrum etişga hukm qilingan. Ammo ötgan haftadan buyon uning qayerda ekanligi noma'lum bölib kelayotgandi. Politsiya uni uyi va işxonasidan qidirib topolmagandi.
"Men Budapeştdaman va Vengriya hukumatidan siyosiy boşpana söradim", — deb yozdi Makedoniya hukumatining sobiq rahbari.
Gruyevskiy va uning partiyadoşlari korrupsiya va xizmat mavqeini suiiste'mol qiliş hamda Makedoniya parlamentida 2017 yil 27 aprelda yuz bergan tartibsizliklarda ayblanmoqda.












