Buyuk yunon hukmdori Iskandar Maqduniyning (Aleksandr Makedonskiy) ölimiga avval hisoblangandek, bezgak, iç terlama yoki zotiljam emas, oşqozon osti bezining yalliğlanişi - pankreatitning oğir şakli hisoblangan pankreonekroz sabab bölgan. Bunday xulosaga Gretsiyadagi Aristotel universiteti olimlari kelişgan. 

1995 yilda boşlangan tadqiqot davomida mutaxassislar Makedoniya şohining qadimiy tarixçilar tomonidan ta'riflangan kasalligi alomatlari va hayotining oxirgi kunlarini tahlil qilişgan.

Tadqiqot muallifi, tibbiyot professori Tomas Gerasimidisning ta'kidlaşiça, Maqduniy ölimiga ötkir pankreonekroz olib kelgan oğir sepsis sabab bölgan. Maqduniyda pankreonekroz, öz navbatida, öt pufagida toş paydo bölişi va buyuk sarkardaning spirtli içimliklar va yuqori kaloriyali ovqatlarga ruju qöyişi sababli rivojlangan. 

Ta'kidlanişiça, Maqduniy kasalga çalinib, vafot etgunga qadar 14 kun ötgan. U kasalligining birinçi kuni yuqori tana harorati bilan keçgan oşqozondagi qattiq oğriqlardan aziyat çekkan. Şu sababli şifokorlar sarkardaga öşa vaqtda davolaş usuli sifatida qöllangan qayt qildirişni qöllaşgan. Keyin Maqduniyning haroratini tuşiriş uçun sovuq vanna qilingan. 2-kun Maqduniy holdan toyib, uni titroq bosgan. 3-kuni uning tana harorati yana kötarilib, köp terlagan va nafas olişida muammolar boşlangan. Keyingi 11 kun içida sarkardaning ahvoli tobora yomonlaşib borgan, muloqot qilişida muammolar paydo bölib, alahsiray boşlagan.

Maqduniy miloddan avvalgi 336 yildan to vafot etgunça qadar - 323 yilgaça Makedoniya şohi bölgan. Özining uzoq davom etmagan hukmdorligi vaqtida u 70 ta şaharga asos solgan va Fors imperiyasini zabt etgan. U Bobilda vafot etgan va taxmin qilinişiça, Misrda dafn qilingan. Iskandarning ölimidan keyin u taşkil etgan imperiya parçalanib ketgan.