Yevropada jinoyat sodir etib, yaşirinib yurgan şaxs Özbekistonda qölga olindi. Bu haqda Interpolning Özbekistondagi milliy markaziy byurosi xabar qilmoqda.

Makedoniyaning Interpol milliy markaziy byurosi ma’lumotlariga asosan hamda Özbekiston Interpol MMB xodimlarining tezkor harakatlari tufayli uyuşgan jinoiy guruh a’zolaridan biri bölgan, Yevropaning bir qator mamlakatlarida katta miqdorda öğrilik sodir etgan xalqaro qidiruvdagi jinoyatçi hibsga olindi.

Interpol kanallari orqali taşkil etilgan özaro hamkorlik natijasida jinoyatçi Özbekistonda aniqlandi va qölga olindi.

Bugungi kunda, olib borilgan muzokaralar va olingan tezkor axborotlar tufayli, xalqaro qidiruvda bölgan şaxs sodir etgan jinoyatlariga sud oldida javob beriş uçun makedoniyalik hamkasblarga topşirildi, deyiladi ma’lumotda.