Yoş yigitlar gaplaşib turişsa bir-birlariga «Messimi yo Ronaldu?», «Real»çimisan yo «Barselona»çimi?», deya savol berişadi. Şunday intrigali savollardan söng suhbat öz-özidan qizib ketadi. Kattaroq davralarda esa yuqoridagi ikkita varianti bor savol boşqaça köriniş oladi: Rossiyami yoki Amerika? Bu ikki yirik davlat uzoq yillardan buyon deyarli barça sohada raqobatlaşib keladi. Maşhur asarda yozilganidek: «Ular hokkey jamoalari örtasidagi özaro uçraşuvda kiritilgan şaybaga ham siyosiy yutuq sifatida baho berişadi». Bu davlatlar şunçalik qudratliki, boşqa mamlakatlarda ham odamlar «amerikaçi» yoki «rossiyaçi»ga bölinişadi.

Bu «raqobatda» bizda ustunlik kim tomonda deb öylaysiz? Şubhasiz, ustunlik «rossiyaçilar» tomonda. Birinçidan, Rossiya sobiq «katta oğa», ikkinçidan, millionlab vatandoşlarimiz Rossiyada mehnat qilib rözğor tebratyapti, töylar qilyapti.

Yaqinda bir taksiçi amaki bilan gaplaşib qoldim. Gapdan gad çiqdi-yu, AQŞ juda ajoyib davlat ekani, şunçalik ajoyibki, butun dunyoda millionlab odamlar u yerga borib işlaşni orzu qilişlarini aytdim. Şunda hamsuhbatim jahl bilan şunday dedi: «Uka, sen özi televizor körasanmi? Rassiya (ha, aynan Rassiya) Amerika sohillariga suv osti kemalarini oborib terib qöygan, lekin ular bilmaydi. Sen bölsang Amerikani maqtaysan?». Markaziy razvedka byurosi agentlari ham bilmaydigan ma'lumotlarga ega bölgan odam oddiy taksi haydab yurganidan hayron böldim-u, ortiq tortişmadim.

Bu ikki davlat qurollarini bir-birining «burniga tirab qöyişi» haqidagi «afsonalar» bejizga paydo bölmaydi. Kubada Rossiyaning maşhur harbiy radioelektron markazi borligi sir emas. Fidel Kastro ham Rossiyaga kelganida bejizga «Viva, Lenin!» deb xitob qilmasdi. Lekin ikki mamlakat örtasidagi siyosiy şaxmat öyinida eng kuçli yurişni baribir Amerika qiladi. 1949 yil Vaşingtonda NATO degan harbiy taşkilotga asos solinadi. Bu taşkilot rasman Amerikaniki emas, lekin alyans Rossiya hududlari tomon kengayib bormoqda. Tez orada «natoçilar» soni yana bittaga ortadi.

NATOga şu vaqtgaça 29 mamlakat a'zo bölgandi. 12 fevral kuni ularning soni yana bittaga köpayişi ma'lum böldi. Makedoniya şu kuni mamlakat nomini Şimoliy Makedoniya deb özgartirdi va endilikda janubiy-şarqiy Yevropada joylaşgan bu mamlakatning Yevropa Ittifoqi hamda NATOga kirişiga heç narsa xalaqit bermaydi.

Gap şundaki, Gretsiya 1991 yildan buyon Makedoniyadan mamlakat nomini özgartirişni talab qilar va Makedoniya Gretsiyaning tarixiy şahri nomi ekanini iddao qilardi. Biror mamlakatning Yevropa Ittifoqi hamda NATOga a'zo bölişi uçun esa a'zo davlatlarning barçasi bunga rozi bölişi kerak. Makedoniya nomi faqat öziga tegişli ekanini ta'kidlaydigan Gretsiya Makedoniyaning taşkilotlarga kirişiga bu mamlakat nomini özgartirgandan keyingina rozi bölişini bildirib kelardi.