Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OTB Turkmanistonga 500 mln dollar ajratadi. Bu davlat O‘zbekistonga elektr energiyasi eksport qilishi mumkin
Osiyo taraqqiyot banki direktorlar kengashi Turkmaniston transport tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlash, mamlakat energetika ta'minoti ishonchliligini oshirish va qo‘shni mamlakatlarga elektr energiyasi eksportini oshirish uchun 500 million dollar miqdorida kredit ajratdi.
OTB xabariga ko‘ra, loyiha mintaqa mamlakatlarining beshtadan to‘rttasini qamrab olishi, ishonchli milliy tarmoq tuzishga yordam ko‘rsatishi, respublikaning Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Pokiston, Tojikiston va O‘zbekiston bilan elektr energiyasi savdosi bo‘yicha salohiyatini oshirishi hamda Afg‘onistonga elektr energiyasining hozirgi eksporti hajmini ko‘paytirishga qaratilgan.
«Turkmanistonda qo‘shni mamlakatlarga eksport qilish uchun elektr energiyasi yo‘q, bu uning iqtisodiy o‘sishi va rivojlanish istiqbollariga biroz to‘siq bo‘lishi mumkin. Biroq, bu davlat uglevodorodlarga boy hamda mintaqa energetik xavfsizligiga aloqador muammolarni hal etish uchun juda muhim», - dedi OTBning Markaziy va G‘arbiy Osiyo bo‘yicha departamenti direktori Ashok Bxargava.
2023 yil oxiriga qadar yakunlanishi rejalashtirilgan loyihaning umumiy qiymati 675 mln dollar bo‘lib, «Turkmanenergo» 175 mln dollar yo‘naltiradi.
Mavzuga oid
21:45 / 30.05.2026
Turkmanistonda may oyi uchun eng issiq rekord harorat yangilandi
07:23 / 05.05.2026
Prezident Samarqanddagi OTB yig‘ilishida muhim tashabbuslarni ilgari surdi
20:31 / 03.05.2026
Osiyo taraqqiyot banki prezidenti Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi
08:53 / 23.03.2026