Rossiya terma jamoasining sobiq darvozaboni Vladimir Gabulov Şimoliy Osetiyaning jismoniy tarbiya va sport vaziri etib tayinlandi.
35 yoşli Gabulov 12 noyabrda sport faoliyatini rasman tugatişini e'lon qilgan va uning hayotida yangi bosqiç boşlanayotganini ta'kidlab ötgan.
Gabulov 2014 yildan beri bu lavozimni vaqtinçalik bajarib kelayotgan, yunon-rum kuraşi böyiça 2004 yilgi Olimpiya çempioni Hasan Baroyev örnini egalladi.
Gabulov professional faoliyatini 1999 yilda “Mozdok” klubida boşlagan. U Rossiya çempionatida Moskvaning “Dinamo” va TsSKA, Vladikavkazning “Alaniya”, Krasnodarning “Kuban”, Mahaçqal'aning “Anji” va Tulaning “Arsenal” klublarida töp surgan. Gabulov öynagan oxirgi klub “Bryugge” bölgan va u bilan 2018 yilgi mavsumda Belgiya çempionligini qölga kiritgan. Sobiq darvozabon TsSKA tarkibida ikki marta Rossiya çempionatida, 2005 yil UYeFA kubogida ğoliblikni nişonlagan.
Gabulov Rossiya terma jamoasi safida 10 ta öyin ötkazib, 2008 yilda Yevropa çempionati bronza medali sovrindori bölgan.












