Milliy turizm sanoatini va jahon turizm bozorida taklif etilgan milliy turizm mahsulotlarini, jumladan, ziyorat turizmini diversifikatsiya qiliş maqsadida Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi tomonidan Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi bilan hamkorlikda «Halol turizm» mavzuida trening taşkil etildi. Mazkur treningni Islom hamkorlik taşkilotining Islomiy davlatlar ijtimoiy, iqtisodiy, statistik tadqiqotlar va trening markazi mutaxassislari Yosin Zulfiqor öğli va Tsem Tintin olib bormoqda.

Bugungi kunda turizm sohasi mamlakat byudjyetiga yaxşigina foyda keltirmoqda. Sönggi yillarda musulmon davlatlarida ham aynan turizm, uni taşkil qiliş, sayyohlarga barça imkoniyatlarni yaratib beriş, jahon standartlariga muvofiqlaştiriş böyiça salmoqli işlar olib borilmoqda. Hozirda «Halol turizm» standarti jahon böylab tatbiq etilmoqda. «Halol turizm» musulmonlar uçun möljallangan bölib, dam oliş islom şariatiga muvofiq bölişiga imkon beradi. Ya'ni, «Halol turizm» mehmonxonalarda halol oziq-ovqat va xizmatlarni taklif qiladi. Bu taşkilot tomonidan tegişliça sertifikatlanadi. Bundan taşqari, «Halol turizm» böyiça musulmon ziyoratçilar uçun har bir mehmonxonada qibla tomonni körsatuvçi belgi, Qur'on kitobi, joynamoz hamda tahoratxonalar bölişi belgilangan. Treningda aynan şu jihatlar alohida muhokama etildi.

Treningning birinçi kunida mutaxassislar yiğilgan tadbirkorlarga «Halol turizm» haqida ma'lumot beriş bilan bir qatorda bu sertifikatga ega böliş qanday imkoniyatlar berişini aytib ötişdi. Tadbirkorlar özlarini qiziqtirgan savollarga javob olişdi.

Bundan taşqari, treningda mutaxassislar «Halol turizm» normalari böyiça faoliyat yuritayotgan davlatlarda boşqa davlatlarga nisbatan turizm rivojlanganini öz taqdimotida körsatib ötişdi. Trening markazi mutaxassislari Yosin Zulfiqor öğli va Tsem Tintin öz taşriflari davomida Samarqand şahrida yangi oçilgan «Ipak yöli» xalqaro turizm universitetiga taşrif buyurişi va universitet faoliyati bilan tanişişi kutilmoqda.

Treningda quyidagi mavzular: «Halolni tuşuniş: konsepsiyasi, ta'rifi», «Halol turizm va musulmon mehmondöstligi: ta'rifi va tuşunçalari», «Jahon böylab halol turizm standartlari», «Özbekiston uçun halol turizm strategiyasi (rejalaştiriş va munozarasi)» körib çiqilişi rejalaştirilgan. Trening davom etmoqda.