Ijtimoiy tarmoqlarda keng reklama qilingan “Badavlat ayol” onlayn loyihasi atrofida noroziliklar ortib bormoqda. Kurslarni bölib tölaşga sotib olgan, lekin keyin xafsalasi pir bölgan qatnaşçilar Uzum Nasiya'dagi tölovlar töxtamasligidan şikoyat qilmoqda. Loyiha vakili Kun.uz bilan suhbatda barçasini rad etdi. Raqobat qömitasi odamlarni bu loyihaga ehtiyotkor qaraşga çaqirdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda keng tarğib va reklama qilingan “Badavlat ayol” loyihasi iştirokçilari loyiha yuzasidan noroziliklarini bildirmoqda.
“Badavlat ayol” qanday loyiha?
“Badavlat ayol” loyihasi biznes, psixologiya, oilaviy munosabatlar böyiça 50 ga yaqin trenerlar iştirokida bir yillik onlayn darslarni taqdim etadi. Natijalar “kafolatlangan”, pul topiş imkoniyatlari va’da qilingan. Darslar haftada 3 marta onlayn olib borilgan, röyxatdan ötiş ham onlayn qilingan. Loyihaning yuzi sifatida taniqli aktrisa Rayhon Ulasenova jalb etilgan va bu köpçilikda işonç uyğotib, qatnaşişga undagan. Ammo aktrisa bilan boğlanişning imkoni bölmadi, loyiha boşqaruvçilari bu masalada uning iştiroki yöqligini va savollarga özlari javob berişlarini ta’kidlaşdi.
Ayollardan iborat tinglovçilar auditoriyasining ba’zilari töliq tölov qilgan bölsa, ba’zilari kursni Uzum Nasiya orqali bölib tölaşga sotib olişgan. Ammo vaqt ötib, darslarda kerakli natijani körmagan mijozlar afsuslana boşlagan. Lekin ular Uzum Nasiya'ga har oyda tölov qilişni davom ettirişga majbur: şartnomani bekor qila olişmagan.
“Şartnoma qilib bölgandan keyin butunlay boşqa odamga aylanib olişarkan”
Kun.uz'ga murojaat qilganlardan birining hikoyasi:
— “Badavlat ayol loyihasiga Instagram orqali Rayhon Ulasenova reklama qilgandan keyin qiziqqanman. Menejyer: “Özi aslida bu loyiha narxi milliondan oşiq, sizga çegirma qilib bera olamiz, 800 ming tölovi böladi. Töliq tölay olmasangiz, Uzum Nasiya orqali ham oyma-oy tölasangiz böladi. Bir oy mobaynida zör darslar böladi, zör rivojlanasiz, sohangizni ham rivojlantirasiz”, dedi.
Juda ham işonarli qilib va’da berişdi, gapirişdi. Keyin kursga qatnaşdim. Darslar boşlandi. Har kuni keçqurun soat 8 da bir soat jonli efir orqali dars bölar ekan. Töğrisini aytsam, umuman könglim qoldi. Eşitdim, darslar umuman ma’nisiz, bema’ni narsa. Yoş bola qilib ötiribdi hammani. Men qatori köpçilikka yoqmadi bu.













