12 noyabrdan 13 noyabrga ötar keçasi Toşkent şahrining Mirzo Uluğbek va Yaşnobod tumanlarida ijtimoiy obektlarni issiqlik energiyasi bilan ta'minlovçi quvurdagi avariya tufayli jami 250 ta uy va boşqa obektlar issiqlik ta'minotidan uzilib qoldi. «Toşissiqquvvati» boş muhandisi Azizbek Karimbekov «Kun.uz» muxbiriga xabar berişiça, ayni vaqtga kelib muammo bartaraf etilgan, Mirzo Uluğbek va Yaşnobod tumanlarida joylaşgan 250 ta uy, hududda joylaşgan ijtimoiy obektlarga issiqlik energiyasi qaytgan.
Ammo bu - şahar böylab issiqlik quvvatida uzilişlar bölmasligini anglatmaydi. «Toşissiqquvvati» boş muhandisining aytişiça, 2018 yil joriy ta'mirdan çiqqan mazkur yönalişdagi quvurlar biror marta ham kapital ta'mirlanmagan, avariyaga kunning keskin sovib ketişi va eski quvurlarning «vazifasini ötab qöygan»i sabab bölgan.
«12 noyabrdan 13 noyabrga ötar keçasi Mirzo Uluğbek va Yaşnobod tumanlarida joylaşgan 250 ta köp qavatli uy hamda ijtimoiy obektlarni issiqlik energiyasi bilan ta'minlovçi quvur magistral simli tarmoğida avariya yuz berdi. Buning oqibatlari bartaraf etilgan, 14 noyabr holatiga köra, issiqlik energiyasi barça xonadonlarga kirib bordi.
Ammo ayni paytda Toşkent şahridagi issiqlik quvvati quvurlarining 72 foizi yaroqlilik muddatidan ötib ketgan holda işlamoqda. Ular eskirgan. Kelgusida yana avariyalar yuz bermasligi kafolatlanmagan», — deydi DUK boş muhandisi Azizbek Karimbekov.
Uning ta'kidlaşiça, «Toşissiqquvvati» DUK quvurlarini kapital ta'mirlaş, tizimni zamonaviylaştiriş va yangilaş masalasi xorijiy mablağlar hisobidan yeçim topişi mumkin.
«Ayni paytda OTB, Jahon banki, şuningdek bir qator xorijiy kompaniyalar vakillari bilan moliyaviy kömak ajratiş masalasi muhokama etilmoqda. Şundan söng, yirik masştabdagi kapital ta'mirlaş işlari boşlanadi», — deydi u.
Ma'lumot uçun, Toşkent şahri aholisiga 12 ta katta markaziy qozonxona hamda 202 ta kiçkina mahalliy qozonxonalar orqali issiqlik energiyasi bilan yetkazib beriladi. Mazkur issiqlik markazlaridan çiqqan jami 2700 km uzunlikdagi issiqlik tarmoqlari orqali Toşkent şahrida joylaşgan 12 mingdan ortiq köp qavatli aholi turar-joylari va ijtimoiy soha obektlari issiqlik energiyasi bilan ta'minlanadi.












