OkDiario naşri direktori Eduardo Inda «Real»ning sobiq boş murabbiyi Zinedin Zidan faoliyatini qayerda davom ettirişi mumkinligi haqida ma'lumot berdi.

«Yaqingaça Zidanda ikki klubdan jiddiy taklif bor edi – «Mançester Yunayted» va «PSJ»dan. Parijliklar klubi taklifi nisbatan yaxşiroq variant edi, ular unga kart-blanş taqdim etişga tayyor.

Bir neça kun oldin Zidanga uçinçi taklif kelib tuşgan – «Bavariya»dan. Keyingi mavsum uçun», – degan Inda El Chiringuito dasturi efirida.

Ayni vaqtda «Bavariya»da ahvol oğirlaşgan. Yangi mavsumni yangi boş murabbiy Niko Kovaç bilan boşlagan myunxenliklar jamoasi 11 turdan keyin 5-örinda bormoqda, jamoa birinçi örindagi «Borussiya» Dortmunddan 7 oçko ortda qolib ketgan.

2016 yilning yanvaridan 2018 yil iyunigaça Madrid klubini boşqargan Zinedin Zidan klubi bilan 3 marta ketma-ket Çempionlar ligasi ğolibi böldi va bir marta Ispaniya çempionligini qölga kiritdi. U ötgan mavsum söngida faoliyatida tanaffus qilişga qaror qildi.