Yetmiş yillik uruş: Isroil-Falastin uruşining nihoyasi bormi?
|04:48 / 15.11.201878 03525 min
Foto: BlickFoto: Blick
Hozirgi kunda Falastin muammosining yeçimi 1948 yildagiga nisbatan birmunça muammolidek körinmoqda. Aynan öşanda Isroil davlati taşkil topgani e'lon qilingan va Arab-Isroil uruşi boşlangandi.
Ötgan 70 yil davomida ön minglab insonlarning qurbon bölişiga olib kelgan bu nizo goh susayib, goh avj oladi, ammo heç qaçon butkul töxtamaydi. Falastin jangarilari Ğazo sektoridan turib Isroil şaharlariga raketa zarbalari beradi, TsAXAL (Isroil mudofaa armiyasi) namoyişçilarni öldiradi – bularning bari bugungi kunda, rasman jangovar harakatlar olib borilmayotgan vaqtda bölib ötmoqda. AQŞ, Rossiya, BMT har doimgidek bu holatdan taşviş bildiradi, maslahatlaşuvlar ötkazadi, ammo Isroil va Falastin örtasidagi mojaroga barham berilmaydi.
Ular nega bir-birlarini bunçalik yomon körişadi? Nima uçun butun dunyo bu nizoning barçani qanoatlantiradigan yeçimini topolmaydi? Nima uçun bu ikki xalq maydoni 25 ming kvadrat kilometr bölgan, quyoş nuridan jizğanak yerni talaşib kelmoqda?
Yeri bölmagan xalq
Quddus. XX asr boşlari
Falastindagi yahudiy podşohligi eramizning I asrida Rim imperiyasi zarbalari ostida qulagan: öşandan buyon bu hududning xöjayinlari bir neça bor almaşgan. Ammo Yevropa davlatlari böylab tarqalib ketgan yahudiylar bu yerni qaytişlari zarur bölgan muqaddas vatan deb hisoblab kelişgan.
Avstro-vengriyalik jurnalist va yahudiy davlatini taşkil etiş taşabbuskori bölgan Teodor Gertslning (1860 — 1904) eslaşiça, «Dreyfus işi» vaqtida (sotqinlikda nohaq ayblangan fransuz armiyasining yahudiy ofitseri) yuzlab fransuzlar «Yahudiylarga ölim!» deya hayqirişgan. Rossiya va Şarqiy Yevropada yahudiylarga qarşi hujumlar boşlangan, Germaniya va Avstriyada antisemit ruhidagi risolalar bitilgan.
Gertsl boşqa bunday davom etişi mumkin emas, yahudiylar öz davlatlariga ega bölişlari zarur degan fikrga keladi. U 1896 yilda «Yahudiy davlati» nomli risolasini yozadi. Unda Gertsl yahudiylarga Falastinda öz davlatlariga ega bölişlari uçun jahon hamjamiyatini yordam berişga çaqiradi. Bir yildan söng u Jahon sionistik taşkilotiga asos soladi. Sionizm yahudiylarning tarixiy vatanlariga qaytişi va u yerda öz davlatini taşkil etiş mafkurasidir.
Asta-sekin, lekin sobitqadamlik bilan yahudiylarning Falastinga köçişlari ösib boradi: ularga Yevropadagi boy yahudiylar (Rotşildlar, Monteofiorlar) yordam beradi, Falastindan yer sotib oliş uçun pul yiğib berişadi.
Mavzuga oid
Sovuq qabul
XIX asr örtalarida Falastinda taxminan 400 ming kişi istiqomat qilgan bölib, ulardan atigi 6 ming nafari yahudiylar, qolganlari esa sunniy arablar bölgan. Falastin Usmoniylar imperiyasining qaşşoq viloyati bölib, yerlar asosan yirik arab feodallariga tegişli bölgan va ular yerlarni dehqon-fallohlarga ijaraga berişgan. Jahon sionistik taşkiloti yerlarni aynan öşa feodallardan sotib olgan va şundan söng sotuvçi ham, oluvçi ham dehqonlarga şart qöygan: endi bu yerda yaşaşga haqqingiz yöq. Boşqaça aytganda, kelgindilar fallohlarni yaşaş joyi va işidan mahrum qilişgan.
Nizoning asosiy sababi mana şunday paydo bölgan: uruşlar, zöravonlik va hududiy mojarolar – bularning barçasi öşa yer oldi-sotdisidan boşlangan.
Falastinga köçib kelgan yahudiylar uçun bu köçiş yuzlab yillik darbadarliklardan söng öz vatanlariga qaytiş edi.
Asrlar davomida bu hududda yaşab kelgan arablar uçun esa yahudiylarning köçib kelişi şubhali huquqqa ega bölgan çaqirilmagan mehmonlarning hujumi edi. Ular uçun bu göyoki uyingizga notaniş şaxslar kelib qadim zamonlarda bu yerda ularning ajdodlari yaşagani va şuning uçun bu ularning uyi ekanligini da'vo qilişidek gap edi.
Har ikki tomonning da'vosi tuşunarli va bu da'vo şu kungaça özgarmay kelmoqda. Isroilliklar uçun bu yer muqaddas tuproq, ona vatan. Arablar uçun «sionistik ta'lim» yer tanasidagi ösimta va arab aholisining huquqlari poymol qilinadigan aparteid rejimi.
Angliyaning va'dalari
Makka şerifi Husayn ibn Ali va Misr oliy komissari Genri MakMagon
Birinçi jahon uruşi yakunida Usmoniylar imperiyasi parçalanib ketdi. Millatlar ligasi (BMTga öxşaş bölgan ikki jahon uruşi orasida mavjud bölgan xalqaro taşkilot) Falastin ustidan vaqtinçalik nazorat Buyuk Britaniyaga berilişini ma'lum qildi: bu mamlakat ma'muriyati nizolarni yeçişga yordam beradi va davlatni (yoki ikki davlatning) mustaqillikka erişişga tayyorlaydi.
Angliyaliklarning siyosati butunlay inqirozga uçradi, bunga ehtimol ularning boşidanoq qarama-qarşi va'dalar bergani sabab bölgandir.
1) Birinçi jahon uruşi davridayoq ular Makka şerifi Husayn ibn Aliga agarda u Usmoniylar imperiyasiga qarşi qözğolon kötarsa va Antanta uruşda ğalaba qozonsa, uni Falastinni ham qöşib barça arab yerlarining qiroli etib tayinlaşga va'da berişgandi. (MakMaxon — Husayn kelişuvi). Husayn kelişuvni bajardi, ammo inglizlar oxir-oqibat kelişuv rasmiy şartnoma maqomiga ega bölmaganini aytib va'dalarini bajarişmadi.
2) 1917 yilda Buyuk Britaniya taşqi işlar vaziri Artur Balfur yahudiylar jamiyati vakili lord Rotşildga maktub yölladi va uni «zoti oliyalarining hukumati Falastinda yahudiy xalqining milliy öçoğini taşkil etiş uçun barça sa'y-harakatlarni amalga oşirişiga» işontirdi (Balfur deklaratsiyasi). Bu yahudiylar davlatini taşkil etişga yordam berişni anglatardi – ammo inglizlar bu yölda amaliy qadam qöyişga şoşişmadi.
Bu ikkiyuzlamaçilik ğazabga sabab böldi va yahudiylar ham, arablar ham inglizlar siyosatiga qarşi boş kötarişdi. Bu bir-birini körgani közi yöq ikki xalqni birlaştirgan yagona holat böldi.
Britaniya gubernatori yahudiy va arablarning noroziliklaridan toqati toq bölganini şunday ifodalagandi: «Arablarning şikoyatini ikki soat eşitsam yahudiylarning sinagogiga borgim keladi, sionistlar tarğibotidan keyin esa islomni qabul qilişga tayyor holga kelaman».
Yevropadagi ikki jahon uruşi orasidagi keskinlik sababli yahudiylarning köçişi tezlaşib ketdi. 1930-yillar oxirlariga kelib işuv (Falastindagi yahudiylar jamiyati) 400 ming kişiga yetdi, siyosiy partiyalar, noqonuniy asosdagi qurollangan taşkilotlar paydo böldi. Arablar soni esa bir millionga yaqin bölib, ularning ham öz harbiy guruhlari bor edi.
Uruşdan keyingi uruş
Foto: Yahudiylarning Falastindagi harbiy bölinmalari
1939 yilda arab amaldorlarining bosimi ostida qolgan inglizlar yahudiylarning Falastinga köçib kelişlarini qat'iyan çeklab qöyişdi. Hattoki Gitlerdan qoçib kelayotgan yahudiylar töla kemalar ham ortga – Yevropaga qaytarib yuborildi. Bunga javoban işuv jangovar taşkilotlari inglizlarga qarşi partizanlik uruşlarini boşlab yuborişdi.
Gitler ustidan ğalaba qozonilganidan söng sionistlar Britaniya ma'muriyatiga qarşi yangi kuç bilan taşlanişdi: 1946 yilda ETseL taşkiloti jangarilari ma'muriyat qarorgohi joylaşgan «Şoh Dovud» mehmonxonasini portlatib yuborişdi – 91 kişi halok böldi. Qat'iy bosim öz natijasini berdi: 1947 yil fevralda inglizlar Falastin muammosini hal qilişni yaqindagina taşkil topgan BMTga topşirdi.
Ikki xalq uçun ikki davlat
BMT yahudiylar va arablarning yagona davlati haqida heç qanday gap-söz bölişi mumkin emas degan fikrga keldi – şu zahoti qirğinbarot boşlanişi mumkin. Hududni ikkiga: aholining joylaşuviga qarab yahudiy (14,1 ming kv.km.) va arab (11,1 ming kv.km.) davlatlariga böliş haqida qaror qabul qildi. Uç din şahri bölgan Quddus esa xalqaro hudud deb e'lon qilindi.
Işuv bu rejaga rozi böldi, ammo arablar bu haqda eşitişni ham istaşmadi. «Falastinning biror qismi yahudiylarga tegadigan bölsa, bu yer olov va qon içida qoladi», —dedi oliy arab qömitasi vakili. BMT baribir öz fikrida qoldi: 1947 yil 29 noyabrda Falastinni böliş haqidagi rezolyutsiya qabul qilindi.
Mustaqillik uruşi / Falokat
1948 yil 14 mayda David Ben-Gurion tomonidan Isroil mustaqilligi e'lon qilinişi bilan uning arab qöşnilari Misr, Suriya, Transiordaniya, Livan, Iroq va boşqalar Isroilga bostirib kirişdi. Talab qat'iy edi: Falastin arablarniki bölişi şart, yahudiylar istagan yerlariga ketişlari mumkin.
Ammo arab davlatlari heç qanday natijaga erişa olmadi. 1949 yil iyuliga kelib Isroil barça hujumlarni qaytardi va bostirib kirgan qöşinlarni yakson qildi. Şu bilan birga, u BMT rejasida ajratilgan yerlardan ortiqça yana 1300 kvadrat kilometr yerni bosib oldi. Falastinda arab davlatini taşkil etiş uçun ajratilgan qolgan hududni Misr (Ğazo sektori) va Iordaniya (Iordan daryosining ğarbiy qirğoği va Şarqiy Quddus) öz nazoratiga oldi.
1947-1949 yilgi uruş Isroil tarixiga mustaqillik uruşi nomi bilan kirdi, ammo arablar uni Naqba – Falokat deb ataşdi. Aynan mana şu uruşdan söng Falastin xalqining fojiasi boşlandi.
Uruş boşlanguniga qadar arablar yahudiylar davlati uçun möljallangan hududni ommaviy ravişda tark eta boşlaşgandi: BMT hisob-kitobiga köra, qoçoqlarning soni 750 ming kişini taşkil etgan. Ularning bu yerlarni tark etişlari sababi haqida hozirgaça bahslaşib kelişadi. Isroil tarixçilari arablar öz ixtiyorlari bilan ketişganini ta'kidlaşadi, Isroil boş vaziri Golda Meyr esa Xayfadagi arablardan şaharni tark etmasliklarini yolvorib söraganini aytadi. Boşqa yondaşuvga köra esa, Isroildagi qurolli taşkilotlar arablarni siqib çiqarişgan – ularga nisbatan tahdid va zöravonliklar bölgan.
Birinçi muammo: falastinlik qoçoqlar
BMT rezolyutsiyasiga muvofiq, Isroil arab qoçoqlariga uylariga qaytişlariga ruxsat berişi yoki ularga tovon tölaşi kerak. Isroil bundan boş tortyapti va kelajakda ham bunga könişi amrimahol. BMT qoidalariga köra, Falastinni 1947-1949 yillarda hamda 1967 yilda tark etgan arablarning töğridan-töğri avlodlari ham qoçoqlar hisoblanişadi va mos ravişda, ularning soni 5 millionga yaqinlaşadi.
Isroillik siyosatçilar uçun bunça nufusdagi arablarni öz davlatlariga kiritişni hatto xayolga keltiriş ham mumkin emas. Arablar Falastin hududiga emas, aynan Isroilga qaytiş huquqlarini talab qilişmoqda. Isroilda hozirda 6,5 mln atrofida yahudiy va 1,5 mln arab istiqomat qiladi: demografiya hisobga olinsa, arablarning köçib kelişi Isroilni kamida yarim arab davlatiga aylantirib qöyadi. Isroil özini yahudiy xalqining milliy öçoği deb hisoblagani sababli buning imkoni yöq.
Öz navbatida, falastinliklar kindik qoni tökilgan vatanlariga qaytiş huquqlarini talab qilişmoqda: önlab yillar mobaynida ular va ularning avlodlari zöravonliklarga duç kelişmoqda va uylariga qaytiş yoki tovon tölovi olişga munosiblar. Isroil esa bu amalga oşiriş imkonsiz iş ekanligini aytib, na u va na bu talabni bajarmoqda.
Xatoning takrorlanişi
Ikki arab uruşi orasida qariyb yigirma yil ötdi. Bu vaqt içida Isroil yahudiylarni qabul qilişda davom etdi va davlatçiligini mustahkamladi. Köplab arab davlatlarida hokimiyat almaşdi: Britaniya yoki Fransiyaga moyil eskilari örniga yoş millatçilar, söllar va SSSR qöllab-quvvatlagan Misr prezidenti Jamol Abdul Nosir (1918-1970) kabi yangilari keldi. «Imperializm qörğoni bölgan Isroil dengizga çöktiriladi», deb va'da berdi Nosir.
1967 yilda Misr va Suriya Isroil bilan çegaralariga köpsonli qöşinlarini joylaştirdi. Yahudiylar buni hujumga tayyorgarlik deb hisoblaşdi va 5 iyun kuni ogohlantiruvçi zarba berişdi. Isroil olti kun içida arab koalitsiyasining harbiy-havo kuçlarini yakson qilib taşladi – bu voqea tarixga Olti kunlik uruş nomi bilan kirdi. 1949 yildan buyon Iordaniyaga tegişli bölgan Iordan daryosining ğarbiy qirğoği, Misr nazoratida bölgan Ğazo sektori va Sinay yarimoroli, Suriyaning Golan tepaliklari uruş yakunida Isroilga ötdi. Şarqiy Quddus ham Isroil nazorati ostida qoldi.
Ikkinçi muammo: Quddusning maqomi
Tarixiy jihatdan musulmonlar uçun ham, yahudiylar uçun ham muhim bölgan Quddus şahri maqomi Isroil va Falastin örtasidagi barça muzokaralarda ötib bölmas tösiq bölib kelmoqda. Isroil 1980 yilda Quddusni özining yagona va bölinmas poytaxti deb e'lon qilgan, BMT jahon hamjamiyatini bu qarorni noqonuniy deb hisoblaşga çaqirib keladi. 2017 yilda AQŞ prezidenti Donald Trampning Amerika elçixonasini Tel-Avivdan Quddusga köçirişga qaror qilgani ommaviy namoyişlar va önlab kişilarning ölimiga sabab böldi.
Isroil bilan nizoni hal qiliş borasidagi muzokaralarda Falastin tomoni «1967 yilgaça» bölgan çegaralarga qaytişni, Iordan daryosining ğarbiy qirğoği va Ğazo sektorini Falastin davlati hududi deb tan olişni talab qilib keladi. Muammo şundaki, 1967 yilgaça Quddus tölaligiça Isroilga tegişli bölmagan.
Isroil Quddusning hatto yarmini ham falastinliklarga berişga xususan, xavfsizlik nuqtai nazaridan qarşi çiqib keladi: Şarqiy Quddusdan xalqaro aeroport juda yaxşi nişonga olinadi. Falastin rahbariyatini barqaror deb ataş qiyin bölgan şaroitda Isroil unga şarqiy Quddusni berişni imkonsiz deb hisoblaydi.
1967 yilgi Olti kunlik uruşni arablar Naqsa — Takror deb ataşadi. Bu safargi mağlubiyat oldingisidan ham alamliroq böldi va yuz minglab falastinlik arablar uy-joylarini taşlab qoçdi. Isroil 800ga yaqin kişi yöqotdi, arab davlatlari esa 15 mingga yaqin askaridan ayrildi. Şu bilan birga, Isroil öz hududini uruşgaça bölgan davrga nisbatan uç baravarga kengaytirib oldi.
Arab-Isroil va Falastin-Isroil nizosi
Isroil zirhli maşinalari. Sinay yarimoroli. 1967 yil. Foto AP
Falastin-Isroil nizosini Arab-Isroil nizosi bilan çalkaştirmaslik kerak – Olti kunlik uruşdan söng va ayniqsa, arab dunyosini birlaştirib turgan Nosirning vafotidan söng ilgari birdam bölgan antiisroil fronti qatnaşçilari (Misr, Iordaniya, Suriya) borgan sari faqat öz manfaatlari yölida harakat qila boşladi.
Ular öz maqsadlarini «arab birligi» va «falastinlik birodarlarni qöllab-quvvatlaş» kabi bayonotlar bilan niqoblaşmoqda, falastinliklarning taqdiri esa faqat falastinliklarni taşvişga solmoqda.
Masalan, 1964 yilda Falastin ozodlik taşkiloti (FOT) tuzilganidan söng Iordaniya qiroli Husayn (1935-1999) ança huşyor tortdi: falastinlik jangari-fidoyilar Isroil postlariga partizanlik hujumlarini Iordaniya hududidan amalga oşirişdi va TsAXAL ularga qarşi tap tortmasdan javob çoralarini kördi.
Uzoq vaqt şunday davom etişi mumkin emasdi. 1968 yilda falastinliklarning muvaffaqiyatli hujumidan söng Husayn «Biz hammamiz fidoyilarmiz!», deb hayqirdi, ammo ikki yildan söng, FOT yetakçisi Yosir Arofat iordaniyaliklardan köra falastinliklar köproq bölgan mamlakatni egallab oliş bilan tahdid qilganidan söng barça qurolli guruhlarni Livanga quvib yubordi. Mazkur jarayonda 3400 falastinlik öldirildi.
Misr prezidenti Anvar Sadat (1918-1981) esa yanada keskin siyosiy işni amalga oşirdi. 1973 yilda navbatdagi Arab-Isroil uruşida mağlubiyatga uçragaç, Sadat Isroil bilan tinç muzokaralarga ötdi.
1979 yilda AQŞ prezidenti Jimmi Karter vositaçiligida sulh imzolandi va diplomatik munosabatlar örnatildi. Sadat şu tarzda Isroilni tan olmaslik böyiça arab olami birligi tamoyilini buzdi va arablarning keskin noroziliklarini keltirib çiqardi (u 1981 yilda öldirilgan).
Nisbatan zaif Iordaniya arab olami pozitsiyasiga nisbatan bunday yöl tuta olmasdi, ammo yakunda Isroil bilan tinçlik şartnomasi imzoladi va ança keç bölsa-da, 1994 yilda diplomatik munosabatlar örnatdi. Hozirda Misr va Iordaniyani Isroil bilan döst deb bölmaydi, ammo «sovuq tinçlik» holati uçala davlat siyosatçilarini ham qoniqtiradi. Falastinliklar bilan birdamlik yaxşi, lekin şaxsiy manfaatlar undan ustun turadi.
Teraktlar, noroziliklar, muzokaralar
1972 yilning 5 sentabri. Myunxendagi terakt
Foto The Times of Israel
FOT uzoq yillar davomida özini Isroilga qarşi kuraşda har qanday usul: oddiy fuqarolarni öldiriş, samolyot olib qoçiş, odamlarni garovga oliş kabilarni qöllaydigan terrorçilik taşkilotidek tutdi. FOTning eng yodda qolgan terakti 1972 yilgi Myunxen Olimpiadasida yahudiy sportçilarning öldirilişidir. FOTning Livandagi maşğulot lagerlarida Yevropa va Yaponiyadan kelgan terrorçilar «malaka oşirardi». Bundan taşqari, 1970-yillarda Yosir Arofat va uning safdoşlari Livanni deyarli vayron qilişgandi: ular mamlakatning janubiy qismini nazorat qilar ekan, Isroil, Suriya va BMT xalqaro kuçlari iştirok etişga ulgurgan uzundan-uzoq fuqarolar uruşida qatnaşişdi. Livan uruşida jami 144 ming kişi halok böldi.
Arofatning özi esa FOTning dahşatli faoliyatida iştirok etganini rad etib, bu işlarni qilgan jangarilar taşkilotni tark etişganini bildirdi va özini hurmatga loyiq siyosatçidek tutdi. U 1988 yilda BMTda çiqiş qilib, FOT bundan buyon Isroilni tan olişini ma'lum qildi va «terrorizmning har qanday körinişini, jumladan davlat terrorizmini» qoraladi.
Isroil bu paytga kelib intifoda – Isroil nazorati ostidagi hududlarda yaşovçi falastinliklarning ommaviy ravişda böysunmaslik aksiyasidan çarçagandi. Isroil siyosatidan va öz huquqlari toptalişidan norozi bölgan Iordan daryosining ğarbiy qirğoği va Ğazo sektorida yaşovçi aholi politsiya va harbiylarga hujum qilardi. Ba'zan intifoda uruşga ham öxşab ketardi —1987 yildan 1993 yilgaça 100dan ortiq isroillik va 2000dan ortiq falastinliklar halok böldi.
Isroil boş vaziri Itsxak Rabin (1922-1995) Falastin xalqining bevosita vakili sifatidagi FOT bilan muzokaralarsiz Isroilda heç qaçon tinçlik örnatilmasligini tuşunardi. «Men Ğazoning dengizga ğarq bölişini istardim, ammo bunday bölmaydi. Şuning uçun yeçim topişimiz şart», deb hazillaşgandi u şaxsiy suhbatlardan birida.
Muvaffaqiyat va inqirozlar
Itsxak Rabin, Bill Klinton va Yosir Arofat
Foto: Migdal
Itsxak Rabin va Yosir Arofat AQŞ prezidenti Klinton vositaçiligida Oslo jarayonini boşlaşdi — Norvegiya poytaxtida Falastin muammosini hal qiliş yöllari muhokama qilingan turkum uçraşuvlar ötkazildi. Natijada 1993-1995 yillarda oraliq kelişuvga erişildi. Amalda Falastin hukumati bölgan Falastin milliy ma'muriyati taşkil etildi, Ğazo sektori va ğarbiy sohilning kiçik qismi uning ma'muriy nazoratiga ötdi. Şu bilan birga, Isroil ma'muriyat çegaralarini nazorat qilib turardi, mustaqillik haqida hozirça heç bir söz yöq edi — u navbatdagi muzokaralar mavzusi bölişi lozim edi.
1995 yilda Iordaniya bilan tinçlik imzolagan va falastinliklar bilan sulh tuzişga yöl oçgan boş vazir Itsxak Rabin «Isroil xalqini Oslo şartnomasidan himoya qilgan» Igal Amir tomonidan otib öldirildi.
Aksariyat öng nuqtai nazardagi isroilliklar Igal Amir singari Isroilning Iordan daryosining ğarbiy qirğoğidan ketişiga qarşi çiqişadi. Gap şundaki, 1967 yildan keyin Isroil BMT tomonidan arab davlatini taşkil etiş uçun ajratilgan bu hududga avvaliga yakkam-dukkam, keyin esa taşkiliy tarzda aholi maskanlarini qura boşladi.
Hozirda ğarbiy qirğoqda 120ta maskan qurilişi ma'qullangan bölib, hattoki Isroil hukumati nuqtai nazaridan qaraganda ham noqonuniy qurilgan yana 100ta maskan joylaşgan. Falastinliklar bu maskanlarni noqonuniy deb hisoblaşadi – ularning aholisi tez-tez terakt va hujumlar qurboniga aylanişadi. Ammo diniy mutaassiblar bu yerda yaşaş orqali muqaddas yerni Isroilga qaytarişni özlarining burçi deb bilişadi. Quriliş tobora kengayib, falastinliklarni taşvişga solmoqda va ğarbiy qirğoqning Falastinga qaytarilişi ehtimolini qiyinlaştirmoqda – bu maskanlar aholisi öz uylarini tark etişdan boş tortmoqda.
Kemp-Deviddagi muvaffaqiyatsiz sammit
Exud Barak, Bill Klinton va Yosir Arofat
Foto: Disgustingmen
Rabinning ölimiga qaramasdan, yaraşuv jarayoni davom ettirildi. 2000 yilda Arofat va Isroilning yangi boş vaziri Exud Barak Bill Klinton vositaçiligida tölaqonli Falastin davlati taşkil etilgani haqidagi şartnomani imzolaşi kerak bölgan Kemp-Deviddagi (AQŞ) sammit bu jarayonning yuqori çöqqisi bölişi lozim edi. Ammo bunday bölmadi. Arofatga Şarqiy Quddus ustidan mustaqillik va barça falastinliklarni uylariga qaytariş taklif etilmadi, bundan taşqari, uning bölajak Falastin davlati hududidan Isroil qöşinlarini olib çiqib ketiş haqidagi talabi qabul qilinmadi. Natijada şartnoma imzolanmadi.
Exud Barak tinçlik kelişuvi imzolanmasligida Yosir Arofatni aybladi. Bill Klinton ham unga qöşildi. Arofat suhbat paytida Klintonni «buyuk inson» deb ataganida,u «Men buyuk inson emasman, men omadsizman va meni siz omadsizga aylantirdingiz» dedi. Arofat esa öz navbatida uni «sammit ötkaziş uçun sammitga» kelişga Barak va Klinton majburlaganini, aslida dastlabki tayyorgarlik tomonlar muzokaralarga tayyor emasliklarini körsatganini ta'kidladi. Sammitdan keyinoq beş yil davom etgan ikkinçi intifoda boşlandi.
2004 yilda Arofat vafot etdi. Klinton endi AQŞ prezidenti emas, Barak esa Isroil boş vaziri emasdi. 2000 yildan söng Isroil va Falastin örtasida tinçlikka erişiş istiqboli tobora uzoqlaşa boşladi.
Parçalaniş
Foto: GETTY IMAGES
Rabinning «Ğazo sektorining dengizga ğarq bölişi» haqidagi hazilini boş vazir Ariel Şaron yengilroq körinişda hayotga tatbiq qilişga urindi. 2005 yilda Şaron «bir tomonlama ajraliş» rejasi doirasida Ğazo sektoriga öz taqdirini özi hal qiliş imkonini berdi: u yerdan barça qöşinlarni olib çiqdi va yaşaş maskanlarini buzdirdi. Yakunda Ğazoda hukumat tepasiga FOT vakillarini siqib çiqargan XAMAS a'zolari kelişdi va Isroilga raketalar yoğdira boşlaşdi, Isroil bunga javoban iqtisodiy qamal joriy etdi.
Şaronning bu qadami muvaffaqiyatsiz deb e'tirof etildi – endilikda Ğazo Isroil uçun har doimgidan ham kuçli beqarorlik manbaiga aylandi: Isroil sektorni tozalaş maqsadida uç marta (2008, 2012 va 2014 yillarda) harbiy operatsiya ötkazdi. Buning ustiga, ikki hukumatli tizim paydo böldi: Ğazoni XAMAS, ğarbiy qirğoqni FOT boşqarmoqda.
Falastinliklar orasida murosaga rozi bölmaydigan XAMAS ommalaşmoqda, Isroilda esa 2009 yildan buyon hukumat tepasida falastinliklarga nisbatan keskin siyosat olib borayotgan va aholi maskanlari qurişni kengaytirayotgan Binyamin Netanyaxu turibdi.
Isroilni oçiqçasiga qöllab-quvvatlayotgan Donald Tramp ma'muriyati siyosatidan kelib çiqilsa, Netanyaxuni töxtatib qoladigan omil yöq: Isroilning eng yaqin ittifoqçisi uning tarafida. Buning ustiga, jahon hamjamiyatining falastinliklardan boşqa muammolari ham yetarli. Kun tartibida undan-da muhim va keskin nizolar turibdi: Suriyadagi uruş, Ukraina şarqidagi nizo, Şimoliy Koreyaning yadroviy dasturi, Eron... Hozirda heç kim Falastin muammosini hal qilişga kirişmayapti.
Ğazodagi bugungi vaziyat
Foto: AFP
12 noyabr kuni Isroil samolyotlari falastinliklarning Ğazodagi yuzlab obektlariga hujum uyuştirdi. Harbiy tadbirlar 11 noyabr kuni Ğazo sektoridan Isroil hududiga 370dan ortiq raketa yöllanişiga javoban amalga oşirildi.
Oxirgi ma'lumotlarga köra, nizolar oqibatida ikki tomondan kamida 5 kişi halok bölgan: Ğazo sektorida 4 kişi va Isroilning Aşkelon şahrida bir kişi.
Isroil armiyasining javob hujumi davomida Ğazo portidagi XAMAS razvedka va diversiya maqsadlarida foydalanib kelgan bir kema yöq qilindi. Şuningdek, uşbu taşkilot faoliyatini tarğib qiliş bilan şuğullanuvçi Al-Aqsa telekanali binosi vayron etildi.
Bundan avvalroq Isroil XAMAS bilan munosabatlarda javob çoralarini kuçaytirişi haqida ma'lum qilgandi. Falastinliklar ham Isroilga qarşi «olov halqasini kengaytirişi»ni e'lon qilişgan.
Mart oyi oxiridan buyon Ğazo sektoridagi mojarolar tufayli 200dan ortiq falastinlik halok bölgan. Ularning aksari çegara hududidagi namoyişlar vaqtida öldirilgan.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi