Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning ma'lum qilişiça, 2021 yilga qadar Fransiya hukumati mamlakatga ikkinçi aviataşuvçi kerakligi borasida bir qarorga keladi. Bu haqda Le Monde yozmoqda.
Makronning sözlariga köra, hozirgi «Şarl de Goll»ni almaştirişi kerak bölgan aviataşuvçi Fransiya harbiy-dengiz kuçlarida 2040 yilgaça, uning xizmat muddati tugagunga qadar paydo böladi. Şu bilan birga, prezidentning qayd etişiça, ikkinçi aviataşuvçi 2021 yilgaça foydalanişga topşirilmaydi.
«Qurilişi uçun byudjyet 5 mlrd yevrodan 7 mlrd yevrogaça böladigan ikkinçi aviataşuvçini yaratiş 2021 yildan avval boşlanmaydi. Bu nazarda tutilmayapti», - deya ta'kidlab ötdi Makron.
Eslatib ötamiz, avvalroq Xitoy Makronning armiya töğrisidagi ğoyasiga izoh bergandi.












