Argentina futboli afsonasi Diyego Maradona vatandoşi va «Barselona» hujumçisi Lionel Messi haqidagi fikrlari bilan örtoqlaşdi.
«Leo – mening döstim, ular haqida omma oldida oçiq gapirmayman. Agar e'tirozim bölsa uning yuziga aytar edim, intervyuda emas. U – iqtidor, ammo öyindan oldin 20 marta vannaga kirib çiqadigan futbolçilar ham bor. Biroq, albatta ular haqida gapirmaganman.
Messi bilan munosabatlarimiz yaxşi, ammo u bilan juda köp vaqtdan beri uçraşmadim», - dedi Maradona.
Avvalroq, Maradona Messi haqida fikr bildirib, «Öyindan oldin 20 marta vannaga kiradigan odamdan yetakçi bölişni talab qiliş befoyda», degan edi.












