14 noyabrda Instagram ijtimoiy tarmoği ma'muriyati Çeçeniston rahbari Ramzon Qodirovning akkauntini (@kadyrov_95) blokdan çiqardi. Qodirovning aytişiça, uning sahifasiga kiriş 11 oylik taqiqlovdan keyin qaytarildi. Qodirov unga sahifasiga taqiqlov qöyilgani sababi tuşuntirilgani yoki yöqligiga oydinlik kiritmagan.
Çeçeniston rahbarining ta'kidlaşiça, har qanday ijtimoiy tarmoq ma'muriyati “aloqalar va erkin muloqotning rivojlanişiga kömak berişi kerak” va “yuz bergan xato” boşqa qaytarilmasligiga umid bildirgan. “Bu vaqt davomida mening millionlab obunaçilarim birinçi qöllardan ma'lumot oliş imkoniyatidan mahrum etildilar”, deb ta'kidlab ötgan Qodirov.
Qodirov sahifasi tiklangandan keyingi birinçi postini töpponçasi va uni qançalik “yaxşi körişiga” bağişladi.
2017 yil 23 dekabrda Qodirovning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi yöqolib qolgandi. U buni “ijtimoiy tarmoqning Oq uydagi homiylari harakatlari” bilan boğlagan. Bu yuz berişidan sal avvalroq Qodirov AQŞ moliya vazirligining “Magnitskiy röyxatiga” tuşgan edi.
Çeçenistonning milliy siyosat va taşqi aloqalar vaziri Jonpölat Umarov Qodirov akkauntining yöqolişini “AQŞ davlat departamenti kiberhujumi” bilan tuşuntirgan.
Qodirov şundan keyin yangi profil oçgan va obunaçilarini Çeçenistonda işlab çiqilgan Mylistory ijtimoiy tarmoğida qayd qilinişga çorlagan. Ta'kidlanişiça, bu ijtimoiy tarmoqda deyarli barça jihatdan Instagramdan nusxa köçirilgan.












