BMTning uçinçi qömitasi bir guruh davlatlar tomonidan taqdim qilingan, natsizmning uluğlanişiga qarşi rezolyutsiya loyihasini qabul qildi. 

Bu hujjatni 130 ta davlat qöllab-quvvatlagan, AQŞ va Ukraina esa qarşi ovoz bergan, 51 ta davlat betaraflik namoyiş qilgan.

Bunday rezolyutsiya 2005 yildan beri qabul qilinadi va oxirgi yillarda unga AQŞ va Ukrainagina qarşi ovoz bermoqda.

Loyihaga Özbekiston, Jazoir, Angola, Armaniston, Bangladeş, Belarus, Benin, Boliviya, Burkina-Faso, Burundi, Venesuela, Vetnam, Gayana, Gvineya, Zimbabve, Qozoğiston, Xitoy, Kongo, KXDR, Kot-d'Ivuar, Kuba, Laos, Mali, Myanma, Niger, Nigeriya, Nikaragua, Pokistan, Rossiya, Siriya, Sudan, Tojikiston, Togo, Uganda, MAR, Eritreya, Efiopiya, Janubiy Afrika va Janubiy Sudan mualliflik qilgan. 

AQŞ vakili esa öz nutqida “natsizm eng yomon duşman”ligini va “amerikalik askarlar unga qarşi özga yerlarda kuraş olib borganlarini” ta'kidlab ötgan. U qolgan davlatlarni BMT qaroriga qarşi ovoz berişga çaqirgan. Bundan taşqari, amerikalik diplomat rezolyutsiya “söz erkinligi uçun” jazolaşni taklif qilayotganini aytgan.  

Ukraina vakili ham AQŞ vakilining aytganlarini deyarli qaytargan va “rezolyutsiya mualliflari tarixiy dalillar bilan öyin qilayotlarganini”  qöşimça qilgan.