Ayrim davlat idoralari iş beruvçilari tomonidan xodimlardan soliq qarzdorligi mavjud emasligi haqidagi ma'lumotnoma talab etilayotgan holatlar köplab uçramoqda. Ma'lumotnoma, asosan, xodimga iş haqi hisoblaş paytida talab etilmoqda. Iş beruvçining mazkur talabi qonunda nazarda tutilmagan, deya ma'lum qiladi Adliya vazirligi.

Şu sababli, adliya organlari joylarda bu kabi ma'lumotnomalar talab etilişi holatlari yuzasidan sörovnoma asosida monitoring tadbirini ötkazdi.

Jismoniy şaxslardan soliq qarzdorligi mavjud emasligi haqida ma'lumotnomalar talab qilinişi mumkin. Bu qonun hujjatlari bilan belgilab qöyilgan. Masalan:

– fuqarolar turar joylarni almaştiriş maqsadida tuman (şahar) hokimligiga ariza berganda yoki mulk huquqini tasdiqlovçi hujjatsiz 15 yil davomida yer uçastkasiga egalik qilgan şaxs murojaat etganda;

– maktabgaça ta'lim sohasida davlat-xususiy şeriklik amalga oşirilganda;

– köçmas mulkni boşqa şaxsga ötkaziş bitimlari notarial tasdiqlanganda va boşqa şu kabilarda.

2018 yilning iyun oyidan boşlab davlat xizmatlari markazlari tomonidan jismoniy şaxslarga soliq qarzdorligi mavjud yoki mavjud emasligi haqida ma'lumotnomalar beriş xizmati joriy etildi. Sönggi 5 oy davomida markazlar tomonidan 81 mingdan ortiq ma'lumotnoma berilgan.

Monitoring natijalari, asosan, tibbiyot, maktab va maktabgaça ta'lim muassasalari iş beruvçilari tomonidan şu kabi ma'lumotnomalar talab etilayotganligini körsatdi.

Xususan, Özbekiston tumanida (Farğona) 75 ta va Jondor tumanida (Buxoro) 65 ta holatda tibbiyot muassasalari xodimlaridan iş beruvçilari ma'lumotnoma talab qilganiga doir dalillar aniqlandi.

Bu kabi ma'lumotnomalar talab etilişining sabablaridan biri sifatida, ayrim holatlarda soliq organlarining yer va mulk soliqlarini öz vaqtida undirişda amaliy yordam beriş haqidagi xatlari asos bölib, bunda xodimlar davlat xizmatlari markaziga murojaat etişga majbur bölişgan.

Bundan taşqari, fuqarolardan köçmas mulkka bölgan huquqni röyxatdan ötkaziş paytida yer tuziş va kadastr organlari tomonidan bunday ma'lumotnomalarni talab etilgani bilan boğliq holatlar ham uçradi.