Lonely Planet saytida Kanadaning G Adventures sayyohlik kompaniyasi ekspertlarining fikriça kelasi yil ommabop böladigan 10ta yönaliş röyxati e'lon qilindi.

Ular katta qiziqişga sabab bölayotgan turistik yönalişlar hamda katta voqealar va siyosiy özgarişlar kuzatilayotgan mamlakatlardir, bu esa u yerga borişni yanada qiziqarli qiladi va osonlaştiradi.

Özbekiston röyxatda ikkinçi örinni egalladi. Matnda ta'kidlanişiça, 2018 yilda mamlakat viza talablarini yumşatdi va elektron vizalarni joriy qildi.

G Adventures ma'lumotlariga köra, Markaziy Osiyo mamlakatlariga bölgan qiziqiş yöqolayotgani yöq va ötgan beş yil içida Özbekistonga sayyohlar oqimi 72 foizga oşdi. Mutaxassislar kompaniya ma'lumotlariga va iste'molçilar xatti-harakatlarini örganiş böyiça xabarlarga asoslandi.

Röyxatda birinçi örinni Yaponiya egalladi, bu davlatda 2019 yilda regbi böyiça jahon çempionati, 2020 yilda esa - yozgi Olimpiya öyinlari bölib ötadi. Özbekistondan keyin quyidagi davlatlar joylaşdi: Senegal, Tayvan, Şri-Lanka şimoliy provinsiyasi, Iordaniya, Islandiya, Efiopiya, Italiya, Patagoniya.

Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistonga Rossiyadan sayyohlar oqimi 1,3 barobarga oşgani xabar qilingandi.