AQŞ vitse-prezidenti Mayk Pensning ma'lum qilişiça, Qöşma Ştatlar savdo sohasida Xitoyga qarşi çeklov çoralaridan voz keçişni rejalaştirayotgani yöq. Qayd etilişiça, bu Pekin öz savdo siyosatini özgartirmagunga qadar davom etadi. Bu haqda Reuters xabar qilmoqda.

U Papua-Yangi Gvineya poytaxti Port-Morsbida bölib ötayotgan APEC sammiti davomida çiqiş qilib, şunday bayonot berdi.

«Xitoy öz yönalişini özgartirmagunga qadar, AQŞ öz siyosatini özgartirmaydi», - dedi Pens.

Uning ma'lum qilişiça, Vaşington Xitoy bilan savdo munosabatlarida disbalansni yöqotiş uçun qat'iy çoralar kördi.

«Biz Xitoy tovarlariga 250 milliard dollarlik hajmdagi bojlarni belgiladik hamda bu körsatkiçni yana qariyb ikki barobarga oşirişimiz mumkin», - deya qöşimça qilib ötdi Penc.

Eslatib ötamiz, avvalroq Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev AQŞ va Xitoy örtasidagi savdo uruşi nimalarga olib kelişi mumkinligini aytgandi.