Jahon savdosi sohasida ziddiyatli masalalarni hal qiliş uçun Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev tomonlarga Jahon savdo taşkiloti şafeligi ostida köp tomonlama şaklda muzokaralar stoliga ötirişni taklif qilmoqda. Bu haqda u 13 noyabr kuni Ostona klubining IV yiğilişi davomida aytib ötdi.

«2020 yilda Ostonada uşbu taşkilotning vazirlik uçraşuvi bölib ötadi. Bizning fikrça, vaziyatdan savdo-sarmoyaviy hamkorlik uçun yagona adolatli qoidalarni işlab çiqiş orqali çiqiş mumkin. Şu bilan birga, savdo uruşlari muammosiga yeçim topişni Jahon savdo taşkilotini isloh qilişdan izlaş lozim», - dedi davlat rahbari.

Uning ta'kidlaşiça, savdo uruşlaridan biri jahon iqtisodiyotining uçdan bir qismi, global eksportning 20 foizi va töğridan-töğri investitsiyalarning uçdan bir qismi töğri keluvçi AQŞ hamda Xitoy örtasida boşlangan.

«Bu jahon iqtisodiyoti ösişining pasayişiga, natijada, rivojlanayotgan mamlakatlardagi vaziyatning yomonlaşişiga olib keladi. Qaşşoqlik, işsizlik - terrorizm, migratsiya va separatizm uçun yaxşi poydevor. Afğonistondagi holat ham şunday, u yerda davom etayotgan uruş oğir oqibatlarga olib keldi - giyohvand moddalar savdosi, terrorizm va ekstremizm», - deya ma'lum qildi prezident.

Uning sözlariga köra, Osiyoda kollektiv xavfsizlik taşkilotini ham yaratiş zarur.

Eslatib ötamiz, avvalroq Nazarboyev Özbekistonning kelajagi va «umumiy muammolar» haqida gapirgandi.