Özbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qömitasi raisi örinbosari - “Geoinnovatsiya markazi” davlat unitar korxonasi direktori tayinlandi.

Özbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 12 noyabrdagi PQ-4010-son qaroriga muvofiq Akmal Alişeroviç Mamatov Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qömitasi raisi örinbosari - “Geoinnovatsiya markazi” davlat unitar korxonasi direktori lavozimini egalladi.

Davergeodezkadastr yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri sohasida yagona davlat siyosatini amalga oşiruvçi davlat boşqaruv organi hisoblanadi. Davergeodezkadastr Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga böysunadi va hisobot beradi. Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toşkent şahar yer resurslari va davlat kadastri boşqarmalari (keyingi örinlarda hududiy boşqarmalar deb ataladi), tumanlar (şaharlar) yer resurslari va davlat kadastri bölimlari, şuningdek qömita tizimiga kiruvçi boşqa taşkilotlar Davergeodezkadastrning yagona tizimini taşkil etadi.