Qozoğiston özining janubiy qöşnisi bölgan Özbekistonga alohida munosabatda bölişi bilan şuhrat topgan. Özbekiston boş vazirining birinçi örinbosari Oçilboy Ramatov Çimkentda bölib ötgan forum doirasida şunday fikrni bildirdi. Bu haqda KUN.UZ muxbiri xabar bermoqda.

Qozoğistonning uçinçi yirik şahri hisoblanuvçi Çimkentda Özbekiston yili yakunlariga bağişlangan forum bölib ötdi. Unda mamlakatlar örtasida özaro bordi-keldini kuçaytiriş, gastronomik turizmga keng e'tibor beriş, umuman turizmning turli sohalarida özaro foydali munosabatlarni yölga soliş va rivojlantiriş kabi masalalar muhokama qilindi.
«Özbekistondan Qozoğistonga keluvçilar, Qozoğistondan Özbekistonga boruvçilar soni ortmoqda. Bu esa, öz navbatida, fuqarolarimizning turistik mahsulotlarimizga bölgan ulkan talabni anglatadi. Şunday ekan, ikki tomonlama turizm forum kun tartibining asosiy yönalişlaridan biri bölib qolişi kerak», - deya qayd etdi Qozoğiston boş vazirining birinçi örinbosari Asqar Mamin.

«Qozoğiston Özbekistonga alohida munosabatda bölişi bilan şuhrat topgan. Biz Qozoğistonning uçinçi eng yirik şahri Çimkentda bölib turganimizdan mamnunmiz. Bizda turizm yaxşi rivojlanmoqda, turli yönalişlar böyiça qöşma loyihalar olib borilyapti, ularning natijasi ikki karra yaxşi bölmoqda», - dedi Özbekiston delegatsiyasi rahbari Oçilboy Ramatov.
Taşkilotçilar va forum qatnaşçilarining fikriça, turizm – ikki mamlakat uçun ham juda muhim ahamiyatga egadir. Bu sohani birgalikda rivojlantiriş hamda yagona turmahsulotlarini taklif etiş borasidagi işlarni jadallaştiriş maqsadga muvofiq bölar edi.
Özbekiston tomoni Forum doirasida özbek oşxonasi festivalini ötkazdi. Anjuman mehmonlariga Özbekistonning eng yaxşi 30 oşpazi xizmat körsatdi. Ular özbek milliy taomlari, şu jumladan 60 kg palov tayyorlab, mehmonlarga tortiq qilişdi. Ta'kidlaş örinliki, oşpazlar barça mahsulotlarni Özbekistondan olib borişdi. Qozoğistonliklar kabob, somsa, kulça-non va boşqa taomlarning mazasini yuqori baholaşib, oşpazlar işini e'tirof etişdi.

















