Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Si Tszinpin ochiqlikka chaqirdi
Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Tszinpinning ma'lum qilishicha, xalqaro hamjamiyat dunyoda ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni obektiv baholashi kerak. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, to‘siqlarni barpo etish va aloqalarni buzish boshi berk ko‘chaga olib boradi, bu iqtisodiy qoidalar va tarixiy tendensiyalarga zid keladi.
«O‘z majburiyatlarini bajarish va istalgan chaqiriqlar hamda vaziyatning o‘zgarishiga javob qaytarish uchun, dunyoda qanday yangilanishlar va o‘zgarishlar yuz berayotganini obektivlik bilan tushunish hamda qabul qilish zarur», - deya ma'lum qildi Si Tszinpin.
Uning qo‘shimcha qilishicha, ochiqlik va hamkorlikka sodiqlik katta imkoniyatlar hamda foydani keltirib chiqaradi, «eshikni yopib qo‘yganlar esa, shunchaki butun dunyodan o‘zini qirqib qo‘yadi va boshqaruvni yo‘qotadi», deya hisoblaydi Xitoy yetakchisi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy uyg‘urlar lagerlari haqidagi «mish-mishlarga» e'tibor bermaslikka chaqirgandi.
Mavzuga oid
18:33 / 13.07.2026
Bigme ikkita ekranli HiBreak Dual 2 smartfonini taqdim etdi
08:50 / 13.07.2026
Xitoy energiya sohasida yangi jahon rekordini o‘rnatdi
23:59 / 12.07.2026
Xitoyliklar telefonlaridan ko‘ra elektromobillarini tezroq yangilashmoqda
00:34 / 12.07.2026