Sankt-Peterburgda yangi tuğilgan çaqaloqni şifoxonadan öğirlaşda gumon qilingan Özbekistonning ikki nafar fuqarosi qölga olindi.
Rossiya Tergov qömitasining Sankt-Peterburg böyiça boşqarmasi matbuot xizmati xabariga köra, 55 yoşli ayol va uning 36 yoşli qizi 20 sentabr kuni hamyurti tomonidan dunyoga keltirilgan qiz çaqaloqni öğirlab ketişgan.
Tergov harakatlari davomida çaqaloq gumonlanuvçilarning yaşaş joyidan topilgan. U hozir bolalar şifoxonasida.
Eslatib ötamiz, 16 noyabr kuni Özbekistonning 24 yoşli fuqarosi Moskva tumani politsiyasiga murojaat qilgan. Uning sözlariga köra, 20 sentabr kuni Ordjonikidze köçasidagi tuğruqxonada qiz farzandni dunyoga keltirgan. Röyxatdan ötmagani va oqibatlardan qörqqani tufayli ayol 36 yoşli vatandoşining hujjatlaridan foydalangan. Har ikki ayolning taşqi qiyofasi juda öxşaşdir.
Dunyoga kelgan qiz kasal ekani aniqlandi: yurak porogi. Çaqaloqni Avangard köçasidagi 1-sonli bolalar şifoxonasiga olib borişgan. Biologik onaning sözlariga qaraganda, 14 noyabr kuni ertalab hamyurti kasalxonaga kelib, bolani jonlantiriş bölimidan olib ketgan. Unga rad javobi berişning iloji bölmagan: sababi hujjatlar böyiça aynan u çaqaloq onasidir.













