Özbekistonlik kasal çaqaloqning biologik onasi öz vatandoşini körsatmoqda, hujjatlarga köra u qiz farzandni dunyoga keltirgan.
«Konkretno» naşriga köra, 16 noyabr kuni Özbekistonning 24 yoşli fuqarosi Moskva tumani politsiyasiga murojaat qilgan. Uning sözlariga köra, 20 sentabr kuni Ordjonikidze köçasidagi tuğuruqxonada qiz farzandni dunyoga keltirgan. Röyxatdan ötmagani va oqibatlardan qörqqani tufayli ayol 36 yoşli vatandoşining hujjatlaridan foydalangan. Har ikki ayolning taşqi qiyofasi juda öxşaşdir.
Dunyoga kelgan qiz kasal ekani aniqlandi: yurak porogi. Çaqaloqni Avangard köçasidagi 1-sonli bolalar şifoxonasiga olib borişgan. Biologik onaning sözlariga qaraganda, 14 noyabr kuni ertalab hamyurti kasalxonaga kelib, bolani jonlantiriş bölimidan olib ketgan. Unga rad javobi berişning iloji bölmagan: sababi hujjatlar böyiça aynan u çaqaloq onasidir.
Ta'kidlanişiça, hozirgi paytda gumonlanuvçi va bolaning qayerda ekani aniqlaştirilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Peterburgda özbekistonlik ayol sud qilinişi, u öz farzandini sotib yuborgani xabar berilgandi.













