Xitoy hukumati avtomobil yonilğisining çakana narxini qatorasiga ikkinçi marta, 4 yil içidagi maksimal miqdorga pasaytirdi.

Xitoyning rivojlaniş işlari va islohotlar böyiça davlat qömitasi bir tonna benzin narxini 510 yuanga (73,5 dollarga), dizel yonilğisining narxini esa 490 yuanga kamaytirişga qaror qildi.  

Xitoyda neft mahsulotlari narxi har 10 işçi kunida neftning global bozordagi narxi özgarişiga qarab qayta körib çiqiladi. Avtomobil yonilğisi narxlari dunyoda neft narxlari orasidagi tafovut bir tonnaga 50 yuanni taşkil qilsa özgaradi.

Şu bilan birga qömita Xitoyning yetakçi uçta kompaniyasi – PetroChina, Sinopec va CNOOC’dan neft mahsulotlarini tegişli ravişda işlab çiqariş va taşişni taşkil etiş, yetkazmalar barqarorligini kafolatlaş va davlat narx siyosatiga qat'iy rioya qilişni talab qiladi.