Özbekiston-Singapur turistik markazi oçilişiga doir kelişuvga erişildi. Hujjat 20 noyabr kuni Turizm sohasiga investitsiya kiritişga bağişlangan birinçi xalqaro forum doirasida Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi va SEA business center vakillari tomonidan imzolandi.

Şuningdek, Sirdaryo viloyati va "Ortasharqinvest" örtasida 15 milliard sömlik hamda Sirdaryo viloyati va “Asl boylik” MÇJ örtasida 3 milliard sömlik investitsion kelişuvga erişildi.

Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi qoşidagi “Öquv-konsalting markazi” hamda Qozoğiston Respublikasi Turkiston viloyati taşqi aloqalar boşqarmasi örtasida ham investitsiya kiritilişiga oid hujjatga qöl qöyildi.

Samarqand viloyati hokimligi Singapurning SEA business center kompaniyasi bilan investitsion şartnomani qölga kiritdi.

Farğona viloyati va Isroil investori örtasida kelişuvga erişildi.

Bundan taşqari, Qaşqadaryo va Jizzax viloyatlar  hokimliklari vakillari mahalliy investorlar bilan investitsion bitimni imzolaşdi.

Ta'kidlaş joizki, Turizm sohasiga investitsiya kiritişga yönaltirilgan birinçi xalqaro forum bugun öz işini davom ettirmoqda. Bugungi uçraşuvlar B2B va B2G formatida davom etmoqda.

Oldinda Çorvoq zonasi boş rejasi taqdimoti hamda memorandum va şartnomalarni imzolaş marosimi kutilmoqda.

Bundan avval KUN.UZ’da turkiyalik ekspert Sodiq Badakning Özbekistonda mavzuiy motellar qurişga doir taklifi va Boş vazir örinbosari Aziz Abduhakimovning Özbekistonda yölga qöyilişi kutilayotgan yangi viza turlari haqida ma'lumotlari taqdim etilgan edi.