Bugungi kunga qadar oğir hayotiy vaziyatda qolgan ayollar uçun möljallangan «1146» işonç telefon raqamiga murojaat qilgan ayollar soni 7 mingga yaqinlaşdi, kun davomida eng köp 50-60 ga yaqin qönğiroq amalga oşirildi. Boş vazir örinbosari, Xotin-qizlar qömitasi raisi Tanzila Norboyeva 19 noyabr kuni poytaxtda bölib ötgan BMTning «Xotin-qizlar huquqlari kamsitilişining barça şakllariga barham beriş töğrisida»gi Konventsiyasi (CEDAW) asosida Qömita tavsiyalarini bajarişga bağişlangan davra suhbati davomida şu haqida ma'lum qildi. 

Tanzila Norboyeva işonç raqami yuzasidan notöğri tasavvur hosil qilgan ba'zi kişilar uçun izoh berdi. Uning sözlariga köra, işonç telefoni işga tuşirilişidan maqsad – tuşkunlikka tuşgan ayollarning könglini kötariş, ularga huquqiy maslahatlar beriş va psixologik qöllab-quvvatlaş. Erkaklarni jazoga tortiş emas, zarurat tuğilgan taqdirda, ular bilan suhbatlaşiş va ayolga ham, erkakka ham töğri yöl körsatiş.

Özbekiston inson huquqlari sohasida 70 dan ortiq xalqaro hujjatga, xususan BMTning önta kelişuv hujjatiga qöşilgan hamda zimmasiga olgan barça majburiyatlarni tölaqonli bajarib kelmoqda. Xalqaro me'yorlar va huquqiy standartlarga asosan «Ayollar huquqini ta'minlaş maqsadida Özbekiston Xotin-qizlar huquqlari kamsitilişining barça şakllariga barham beriş töğrisida»gi Konventsiya (CEDAW)ga qöşilgan.

Davra suhbati doirasida Xotin-qizlar huquqlari kamsitilişining barça şakllariga barham beriş böyiça tavsiyalarning bajarilişi yuzasidan ekspertlarning xulosalari hamda Milliy harakatlar rejasining bajarilişi yuzasidan asosiy natijalar tinglandi, rejaning amalga oşişida yuzaga kelgan kamçiliklarning sabablari tahlil qilindi hamda ularning bartaraf etiş böyiça tegişli tavsiyalar berildi.