Litva Seymi Interpoldan ehtimoliy çiqiş töğrisidagi rezolyutsiyani qabul qildi, bu rossiyalik Aleksandr Prokopçuk taşkilot rahbari etib saylansa yuz beradi. Bu haqda Delfi xabar qilmoqda.
88 nafar deputat buni ma'qullab ovoz berdi, 7 nafari betaraf qoldi, birorta deputat qarşi ovoz bermagan.
Interpol prezidenti lavozimini egallagan Men Xunvey sentabr oyi oxirida izsiz ğoyib böldi. Keyinçalik aniqlanişiça, u Xitoyda qölga olingan, mamlakat hukumati uni korrupsiyada gumonlamoqda. Xunvey taşkilot rahbari lavozimidan iste'foga çiqarildi.
Britaniyaning Times gazetasi rossiyalikni Interpol rahbari lavozimiga asosiy da'vogar sifatida körsatdi. AQŞ senatorlari rossiyalik taşkilot rahbari lavozimini egallaşiga qarşi çiqişdi.
Eslatib ötamiz, avvalroq rossiyalikning yagona raqobatçisi sifatida Janubiy Koreya fuqarosi, hozirda Interpol rahbari vazifasini bajaruvçi bölib işlayotgan Kim Çen Yang körsatilgandi. Şu bilan birga, JAR ham taşkilot rahbari lavozimiga öz nomzodini körsatişi istisno etilmayapti.












