Ayni vaqtda “Tolibon” Afğonistondagi uruşda yengilmayapti. Bu haqda AQŞ ştablari boşliqlari birlaşgan qömitasi raisi, general Jozef Danford aytib ötdi.
“Haqiqat uçun aytiş kerakki, öylaşimça, ayni vaqtda toliblar yengilmayaptilar”, deb aytgan Danford Kanadaning Galifaks şahrida xavfsizlik böyiça ötgan xalqaro anjumanda.
Uning aytişiça, Afğonistondagi ixtilofni harbiy yöl bilan hal qilib bölmaydi.
Generalning ta'kidlaşiça, AQŞ va uning NATO böyiça ittifoqdoşlari toliblarni tinçlik böyiça muzokaralarga qöşilişga köndiriş uçun ularga harbiy, siyosiy va iqtisodiy bosim ötkazişi kerak.
“Toliblar bir kun kelib Afğonistondagi tinçlik jarayoniga qöşilişlariga töğri kelişini bilişadi. Toliblarni muzokaralarga köndiriş uçun bosim qöllaş muvaffaqiyat qozoniş kaliti hisoblanadi”, deb aytgan Pentagon vakili.
Danford Afğonistonda keyingi yilda ötişi rejalaştirilayotgan saylovlarning ahamiyati haqida gapirar ekan, toliblar bilan kelişuvga keliş uçun uzoq yölni bosib ötişga töğri kelişini ta'kidlab ötgan.












