Issiqxona komplekslarini rivojlantiriş uçun qöşimça şart-şaroitlar yaratiş çora-tadbirlari töğrisidagi prezident qarori qabul qilindi.

Adliya vazirligi telegram-kanalining yozişiça, qaror bilan issiqxona xöjaligini rivojlantirişning asosiy yönalişlari belgilandi.

Zamonaviy issiqxona komplekslari taşkil etiş böyiça istiqbolli loyihalar doirasida jami respublika böyiça 105ta loyiha amalga oşiriladi va bu orqali 4 ming 481 yangi iş örni yaratiladi.

Qarorga muvofiq hukumat tomonidan quyidagilar amalga oşiriladi:

• bir haftada yoqilği yoqiş yöli bilan issiqlik yoki elektr energiyasi işlab çiqaruvçi korxona, muassasa va taşkilotlar reyestri şakllantiriladi;
• bir oy muddatda yoqilği yoqiş yöli bilan issiqlik yoki elektr energiyasi işlab çiqaruvçi korxonalar (davlat uluşi 51 foiz va undan yuqori bölgan), muassasalar va taşkilotlarga tutaş hududlarda zamonaviy issiqxona komplekslari joylaştiriladi.

Şuningdek, qaror bilan tutaş hududlarida zamonaviy issiqxona komplekslarini joylaştiriş rejalaştirilayotgan iqtisodiyot tarmoqlari korxonalarining röyxati tasdiqlandi.

Hududlarda zamonaviy issiqxona komplekslarini taşkil etişga kömaklaşiş böyiça işçi guruhlar taşkil etilişi belgilandi hamda ularning namunaviy tarkibi tasdiqlandi.

Işçi guruhlar rahbarlariga 20 kun muddatda yoqilği yoqiş yöli bilan issiqlik yoki elektr energiyasi işlab çiqaruvçi korxonalar, muassasalar va taşkilotlarga tutaş hududlarda joylaşgan aniq yer uçastkalarining röyxatini şakllantiriş va ularni elektron savdolarga qöyiş vazifasi yuklandi.

Endilikda 2019 yilda zamonaviy issiqxona komplekslarini moliyalaştiriş, loyihalarni amalga oşiriş uçun Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Qişloq xöjaligini rivojlantiriş xalqaro jamğarmasi, boşqa xalqaro moliya institutlarining kredit liniyalari hisobiga 200 million AQŞ dollaridan kam bölmagan mablağlar jalb qilinadi.

Yuridik şaxslar 2021 yil 1 yanvarga qadar:

• zamonaviy issiqxona komplekslari, ularning butlovçi qismlari va gofrlangan karton idiş işlab çiqarişda foyda soliği, yagona ijtimoiy tölov va qöşilgan qiymat soliğidan ozod etiladi;
• zamonaviy issiqxona komplekslari va gofrlangan karton idiş işlab çiqariş uçun talab etiladigan, Özbekistonda işlab çiqarilmaydigan uskuna, xom aşyo va materiallar, ehtiyot qismlar va butlovçi buyumlar uçun bojxona tölovlaridan ozod etiladi.