Rospotrebnadzor rahbari Anna Popova epidemiyaga qarşi mobil laboratoriyalarni Qirğiziston, Möğuliston, Özbekiston va Gvineya davlatlariga topşirdi. 20 noyabr kuni Saratovda boşlangan «MDHga a'zo davlatlarda sanitariya-epidemiologiya darajasini ta'minlaş» Davlatlararo ilmiy-amaliy konferensiyasida laboratoriyalar kalitlarini topşiriş marosimi bölib ötdi, deya xabar qilmoqda TASS.

«Ötgan uç yil mobaynida 12ta mobil laboratoriya MDH davlatlariga topşirildi», - dedi Popova. Uning ta'kidlaşiça, iş, jumladan, ölat öçoqlarida olib borilmoqda.

Noyob mobil epidemiologik komplekslar dunyoda biologik xavfsizlik va samaradorlik jihatidan boşqa analoglarga ega emas. Laboratoriya olti kompleksdan iborat bölib, sayyoraning istalgan qismiga bir kun içida yetkazib berilişi mumkin. Kompleks xavfli infeksiyalar va biologik moddalar, oziq-ovqat, havo hamda suvda ifloslantiruvçi moddalarni bir sutkada 500dan 3 minggaça namunada tekşirişi mumkin. 35 nafar xodimning işlaşi nazarda tutilgan.

20-21 noyabr kunlari Saratovda «MDH davlatlarida sanitariya-epidemiologiya darajasini ta'minlaş» Davlatlararo ilmiy-amaliy konferensiyasi bölib ötmoqda. Anjumanda 13 davlatdan 500dan ortiq kişi iştirok etyapti.