2018 yil yanvar-sentabr oylarida Qozoğiston 339,5 million dollarlik 2,4 ming tonna kumuşni eksport qildi. Bu haqda LS xabar bermoqda.

Qimmatbaho metallni yetkazib beriş 3,2 barobarga oşdi, sotuvdan olingan mablağ esa 16 foizga kamaydi.

Asosiy uluş Buyuk Britaniyaga sotildi. Qozoğiston uşbu mamlakatga qariyb 2,3 ming tonnani 243,7 million dollarga yetkazib berdi.

Bundan taşqari, Hindistonga 51,5 million dollarlik 99,9 tonna kumuş, Germaniyaga 42,7 million dollarlik 84,1 tonna, Özbekistonga esa 1,6 mln dollarlik 3,2 tonna kumuş sotildi.

Şuningdek, töqqiz oyda Qozoğiston deyarli 3,4 million dollarlik 1,8 tonna oltin sotdi. Qirğiziston deyarli barça partiyani qabul qilib oldi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistonda ayrim ma'lumotlarni rasman çop etiş böyiça çeklovlar olib taşlanişi xabar berilgandi.