Prezidentning «Quriliş sohasini davlat tomonidan tartibga solişni takomillaştiriş qöşimça çora-tadbirlari töğrisida»gi farmonida nazarda tutilgan yangiliklar Norma tomonidan körib çiqildi.
Amaliyotda jismoniy yoki yuridik şaxslarga yer uçastkalari ajratiş töğrisidagi qarorlar qonunga xilof deb topiladigan holatlar uçrab turadi. Natijada bu yerda qurilgan imoratlar özboşimçalik bilan qurilgan imoratlarga tenglaştiriladi. Ya'ni köçmas mulk buzib taşlanişi kerak böladi, mulkdorga esa kompensatsiya tölanmaydi.
Bunday vaziyat işbilarmonlik muhitiga salbiy ta'sir körsatadi. Zero mahalliy davlat hokimiyati organlarining (hokimliklarning) mansabdor şaxslari timsolida davlat yöl qöygan xato jismoniy va yuridik şaxslarga qimmatga tuşişi mumkin. Yangi yildan kuçga kiradigan 2 ta yangilik vaziyatni tuzatişga qaratilgan.
Birinçidan, 2019 yil 9 yanvardan «Ma'muriy tartib-taomillar töğrisida»gi Qonun kuçga kiradi. Mazkur normativ-huquqiy hujjatning 16 va 59-moddalarida işonçning himoya qilinişi prinsipi tartibga solingan. Ya'ni manfaatdor şaxsga (bu holda yer uçastkasini oluvçiga) ma'muriy hujjatning qonuniy kuçiga işoniş sababli kelib çiqqan yoki muqarrar bölgan mulkiy zararning örni qoplanadi.
Töğri, şaxsning işonçi himoya qilinmaydigan hollar röyxati ham mavjud. Masalan, agar:
• manfaatdor şaxs ma'muriy hujjat bilan boğliq bölgan qöşimça majburiyatlarini bajarmagan bölsa;
• manfaatdor şaxs öziga ma'muriy hujjat asosida taqdim etilgan pul mablağlaridan, buyumdan yoki huquqdan maqsadli foydalanmagan bölsa;
• manfaatdor şaxs ma'muriy hujjatning ğayrihuquqiyligini bilgan yoki öz aybiga köra bu haqda bilmagan bölsa;
• ma'muriy hujjat aldaş, tahdidlar yoki ma'muriy organga boşqaça tarzda ğayrihuquqiy ta'sir körsatiş oqibatida qabul qilingan bölsa;
• qonun manfaatdor şaxslar işonçining himoyasini hisobga olmagan holda ma'muriy hujjatni bekor qilişni talab etsa.
Biroq, mazkur hollarning har biri, oxirgi hol bundan mustasno, sudda isbotlanişi lozim. Endi imoratni «avtomatik ravişda» özboşimçalik bilan qurilgan deya olmaydilar, investorlarning davlatdan kompensatsiya oliş imkoniyati oşadi.













