Rossiya Afğon uruşidagi voqealarga salbiy baho berilganini qayta körib çiqişi kerak. Rossiya Federatsiyasi Kommunistik partiyasi deputati Nikolay Xaritonov Davlat dumasiga taqdim etgan qaror loyihasida tegişli taklif bor, deb xabar qilmoqda «Interfaks».
Hujjat tasdiqlandi, uni 2019 yil 15 fevralda qabul qiliş rejalaştirilmoqda.
«1989 yil dekabr oyida, Afğonistonga sovet qöşinlari kiritilganining ön yilligi arafasida, SSSR Xalq deputatlari qurultoyi Mixail Sergeyeviç Gorbaçyov imzolagan qarorni qabul qildi. Bu, mening fikrimça, notöğri tuşunçalar bilan yuz bergan», - deya ma'lum qildi Xaritonov Afğonistondan sovet qöşinlari olib çiqib ketilganining 30 yilligiga bağişlangan parlament eşituvlarida.
Uning eslatişiça, öşa qarorda 1979 yilda qabul qilingan, sovet qöşinlarini Afğonistonga kiritiş haqidagi qaror «axloqiy va siyosiy jihatdan qoralaşga loyiq» ekani aytilgan. Uning sözlariga köra, Davlat dumasi öşa voqealarga bunday salbiy baho berilganini «tarixiy adolat tamoyillariga mos kelmaydi», deb tan olişi zarur.
«Uşbu masala böyiça biz, birinçi navbatda, siyosiy betaraflik, tarixiy haqiqatni hisobga olgan holda, axloqiy va siyosiy ayblovni noqonuniy hamda öz kuçini yöqotgan, deb tan olişimiz kerak», - deya ta'kidlab ötdi Xaritonov. Uning qayd etişiça, Afğonistonga qöşinlar kiritiş haqidagi qaror «xalqaro huquq normalariga töla muvofiq» va «Afğoniston rahbariyatining öşa paytda mojaroga bevosita sovetlar aralaşuvi töğrisida yuborgan sörovlarini hisobga olgan holda» qabul qilingan.
Bundan taşqari, eşituvlar çoğida MDH davlatlari Hukumat rahbarlari kengaşi huzuridagi internatsionalist-harbiylar işlari böyiça qömita raisi Aleksandr Kovalyov Rostov gospitalida saqlanayotgan hamda hamon noma'lum bölib turgan 30 nafar sovet harbiy xizmatçisi jasad qoldiqlarini identifikatsiya qilişga çaqirdi. «Keling, şu 30 kişi uçun, heç bölmaganda qöşinlar olib çiqilganining 30 yilligi arafasida, ular şaxsini aniqlaş uçun qandaydir pullarni topaylik. Bu şarmandalik, amerikaliklar bu jasad qoldiqlari şaxsini aniqlaş uçun qöşma komissiya doirasida pul berişga tayyor», - deya ma'lum qildi u.
Rasmiy ma'lumotlarga köra, sovet qöşinlarining Afğoniston hududida 10 yil davomida bölişida SSSRning 15 mingdan ortiq harbiy xizmatçisi halok bölgan. 53 mingdan ortiq kişi jarohatlandi, natijada ularning 10 mingdan ortiği nogiron bölib qoldi.
Eslatib ötamiz, avvalroq bloger SSSRning afğon uruşidagi jinoyatlari haqida












