2018 yilning 23 noyabr kuni Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov boşçiligidagi delegatsiya Bryussel şahrida bölib ötgan «Markaziy Osiyo – Yevropa ittifoqi» mintaqalararo vazirlar uçraşuvida iştirok etdi. Bu haqda TIV xabar bermoqda.
Qirğiziston, Qozoğiston, Tojikiston, Turkmaniston, Özbekiston va Yevroittifoq taşqi siyosat idoralari rahbarlari tomonidan siyosiy, iqtisodiy, investitsion sohalardagi, barqaror rivojlaniş, iqlim özgarişi, atrof-muhit, suv manbalari va xavfsizlik jabhalaridagi hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollarini batafsil muhokama qilindi.
Markaziy Osiyo davlatlari vakillari 2019 yil söngiga qadar Markaziy Osiyo böyiça yangi strategiyani işlab çiqiş va qabul qiliş borasidagi YeIning qarorini qöllab-quvvatladilar hamda uning samaradorligini oşiriş böyiça aniq takliflar berdilar.
Yalpi majlislar va boşqa şakldagi uçraşuvlar çoğida mintaqaviy va xalqaro siyosat masalalari yuzasidan fikr almaşildi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Abdulaziz Komilov Federika Mogerini bilan uçraşgani, hamkorlik böyiça yangi bitim loyihasi taqdim etilgani xabar berilgandi.













