Germaniya kansleri Angela Merkel Kiyevga taşrifi çoğida Ukraina Yevropa ittifoqiga taxminan qaçon a'zo bölişini ma'lum qildi. Bu haqda RIA Novosti «Pyotr Poroşenko bloki» parlamentdagi fraksiyasi raisi birinçi örinbosari Igor Kononenkoga asosan xabar qilmoqda.

Qayd etilişiça, bu taxminan beş-olti yildan söng yuz beradi. Ukrainaga Yevropa ittifoqiga töliq a'zo böliş uçun aynan şunça vaqt kerak.

Kononenkoning xabar berişiça, bunday bayonot unda ijobiy kayfiyat uyğotmoqda.  Uning e'tibor qaratişiça, Ukrainaning Yevropa ittifoqiga qöşilişi sanasi birinçi marta yevropalik juda nufuzli siyosatçi tomonidan aytildi.

«Yana bir bor ta'kidlaymanki, bu birinçi marta şunday darajadagi siyosatçi tomonidan ma'lum qilindi», - deya aytib ötdi Kononenko.

Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ Rossiyani «Kiyevning Ğarbga intilişini yöq qilişga» urinişda ayblagandi.