Vetnamda “Usagi” tropik böroni sababli yarim million kişi evakuatsiya qilindi. Mahalliy Thanh Niên naşrining ma'lum qilişiça, böron Vetnamning eng yirik şahri hisoblangan Xoşimin şahri tomon yönalmoqda.
Odamlarni evakuatsiya qilişda turli idoralarning 30 ming vakili iştirok etgan. Umumiy ekipaji 23 ming kişini taşkil qiladigan 4 mingga yaqin baliq ovlovçi kema xavfsiz joylarga qaytmoqda.
23 noyabrda ertalab “Usagi” Vungtau şahridan 270 km uzoqlikda bölgan. Undagi şamol tezligi 75 km/soatga baholangan. Prognozlarga köra, böron quruqlikka 25 noyabrga ötar keçasi yetib keladi.
Mamlakatning janubi, janubi-şarqi va şarqida kuçli şamol, baland tölqinlar va kuçli yomğirlar bölişi kutilmoqda. Ba'zi hududlarda 500 mm gaça yomğir yoğişi mumkin.













