26 noyabr Toşkent vaqti bilan keçki payt Marsga AQŞning InSight kosmik kemasi qönadi. Bu kema Qizil sayyoraning “içiga” nazar taşlab, uning tektonik faolligi va tuzilişi haqidagi masalalarga javob beradi. Bu haqda NASA kosmik agentligi ma'lum qildi. 

Agentlik ma'lumotlariga köra, 2018 yilda Marsga 20 dan köproq turli qurilma uçirilgan, biroq ularning barçasi sayyoraning faqat sirtini örgangan. InSight esa Mars “içiga nazar taşlaşga” imkon beradi. Qurilma 5 mayda Vandenberg aviabazasidan Atlas V raketasi yordamida uçirilgan va Marsning içki tuzilişi – pöstloği, mantiyasi va yadrosini örganişga möljallangan.

InSight sayyoradagi seysmik faollik darajasini va içki tuzilişi xususiyatlarini aniqlovçi SEIS seysmometri hamda sayyora sirtidagi issiqlik oqimini ölçaş uçun zond bilan jihozlangan. Ikkala qurilma ham robotlaştirilgan qöl yordamida yoyiladi va sayyora sirtida örnatiladi. Bunda sayyoraning içidagi issiqlik darajasini ölçaş uçun 5 metr çuqurlikda quduq burğilanadi.

Şuningdek, qurilmada “Öz ismingni Marsga yubor” aksiyasida iştirok etgan 2,4 mln kişining ismi yozilgan mikroçip ham bor. 

Avvalroq NASA qurilmaning Marsga qöndirilişini jonli tarzda namoyiş qilişi ma'lum qilingandi.