Angliya Premer-Ligasining 13-turida «Arsenal» «Bornmut» ustidan ğalabaga erişdi. Bornmutdagi «Vitaliti — Din Kort» stadionida keçgan uçraşuv mehmonlarning 2:1 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi.
«Arsenal» 30-daqiqada «Bornmut» futbolçisi Xefferson Lerma öz darvozasini işğol etib qöyişi evaziga hisobni oçgandi, birinçi bölimga qöşib berilgan daqiqalarda Joşua King hisobni tenglaştirdi. Per-Emerik Obameyang 67-daqiqada Kolaşinatsning qanotdan bergan uzatmasini golga aylantirib, London klubiga ğalaba keltirdi.
Şu tariqa, «kanonirlar»ning Premer-ligadagi mağlubiyatsiz seriyasi davom etdi - 11 öyin. Bungaça Unai Emeri jamoasi qatorasiga 7 ğalabadan keyin qatorasiga 3 öyinda durang öynagandi. Jamoa barça turnirlar doirasidagi öyinlar qöşib hisoblanganda 17 öyinda mağlub bölmagan.
«Bornmut» uçun bu qatorasiga uçinçi mağlubiyat böldi.
Endilikda «Arsenal» oçkolari sonini 27taga yetkazgan holda turnir jadvalidagi 5-örinni saqlab qoldi, «Bornmut» 20 oçkosi bilan — 8-örinda.
Angliya çempionati
13-tur
Bornmut – Arsenal 1:2 (1:1, 0:1)
Gollar: 0:1 – 30, avtogol Lerma, 1:1 – 45 King, 1:2 – 67 Obameyang.
Bornmut – Begoviç, Kuk, Deniels, Frensis, Ake, Lerma, Gosling (Kuk, 73), Freyzer, Bruks (Stanislas, 73), King (Musse, 82), Uilson.
Arsenal – Leno, Papastatopulos, Xolding, Kolaşinats, Mustafi, Mxitaryan, Torreyra (Genduzi, 79), Ivobi (Remzi, 82), Çaka, Bellerin, Obameyang (Nketia, 90).
Ogohlantirişlar: Papastatopulos (25), Ake (52), Lerma (66).












