Britaniyalik poygaçi Lyuis Hemilton “Formula-1”ning joriy mavsumdagi oxirgi bosqiçi – Abu-Dabi Gran-prisida ham ğalabaga erişdi. Muddatdan avval çempionlikni kafolatlab qöygan Hemilton uçun bu poyga unça ahamiyatsiz bölsa-da, u marraga birinçi bölib kelgan.

“Ferrari” a'zosi Sebastyan Fettel marraga ikkinçi, “Red Bull” a'zosi Maks Ferstappen uçinçi bölib kelgan. 

Mavsum yakunlariga köra, Hemilton 408 oçko bilan faoliyatidagi 5-çempionlikni qölga kiritdi. 2-örinni Fettel (320 oçko), 3-örinni uning jamoadoşi Kimi Raykkonen (251) egalladi.

Konstruktorlar kubogida “Mercedes” jamoasi ğolib bölgan. 

Poyganing keyingi – yubiley 70-mavsumi 2019 yil 17 martda Avstraliya Gran-Prisi bilan oçiladi.