«Sevilya» Ispaniya çempionatining 13-turida «Valyadolid» bilan öynadi. Sevilyadagi «Ramon Sançes Pisxuan» stadionida keçgan uçraşuv maydon egalarining 1:0 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi.
Öyindagi yagona gol 30-daqiqada Andre Silva tomonidan urildi, uni Pablo Sarabiya golli pas bilan ta'minladi.
Şu tariqa, «Sevilya»ning Ispaniya çempionatidagi mağlubiyatsiz seriyasi davom etdi (4 öyin). Bungaça jamoa öz maydonida «Ueska» (2:1) va «Espanol» (2:1) ustidan ğalabalarga erişgan, safarda «Real Sosedad» bilan durang öynagandi (0:0).
Bugungi ğalabadan keyin «Sevilya» oçkolari sonini 26 taga yetkazdi va turnir jadvalida «Barselona»ni quvib ötib, birinçi öringa kötarildi. «Valyadolid» esa 17 oçkosi bilan — 11-örinda joylaşgan.
Keyingi turda «Valyadolid» 1 dekabr kuni «Leganes»ni qabul qiladi, «Sevilya» esa 2 dekabrda «Alaves» mehmoni böladi.
Ispaniya çempionati
13-tur
Sevilya – Valyadolid 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 30 Andre Silva.
Sevilya – Vatslik, Ker, Gomes, Eskudero, Karrisu, Mesa, Aleiş Vidal, Banega (Vaskes, 73), Sarabiya (Promes, 88), Andre Silva (Amadu, 82), Ben-Yyedder.
Valyadolid – Masip, Kalero, Martines, Antonito, Xoakin Fernandes, Alkaras (Unal, 58), Miçel, Toni (Suares, 84), Fernandes, Plano, Çop (Verde, 70).
Ogohlantirişlar: Antonito (21), Eskudero (39), Karrisu (64), Aleiş Vidal (81), Fernandes (87), Xoakin Fernandes (89).













