Yangi obektlarni barpo etişdan oldin tadbirkorlar imorat ostida qoladigan uçastkadan tuproqning ustki unumdor qatlamini olib, undan boşqa yer uçastkalari unumdorligini oşiriş uçun foydalanişlari kerak böladi. Davlat ekologiya qömitasi işlab çiqqan tegişli qoidalar muhokama qilinmoqda, deb yozadi Norma.
Vazirlar Mahkamasining 13.04.2018 yildagi 05/1-3305-son topşiriğiga köra Yerlarni rekultivatsiya qiliş, tuproqning unumdor qatlamini oliş, saqlaş va oqilona foydalaniş töğrisida nizom işlab çiqildi.
Hujjat dolzarb muammolardan biri – tuproqning unumdor qatlami oriqlaşini hal etişga yönaltirilgan. Uni hal etiş variantlaridan biri sifatida yangi imorat ostida qolişi mumkin bölgan tuproqning unumdor qatlamidan foydalaniş nazarda tutilmoqda.
Sanoat yoki boşqa quriliş işlarini amalga oşiruvçi, şuningdek tuproq qatlami buzilişi bilan boğliq boşqa işlarni bajaruvçi korxonalar, taşkilotlar va muassasalarga kam hosil beruvçi yerlarning unumdorligini oşiriş uçun foydalaniş maqsadida tuproqning unumdor qatlamini oliş va saqlaş majburiyati yuklatiladi.
Olinadigan tuproqning unumdor qatlami tarkibida radioaktiv elementlar, oğir metallar, pestitsidlarning qoldiq miqdorlari va tuproq uçun belgilangan, ruxsat etilgan çeklangan darajalardan oşuvçi konsentratsiyalardagi boşqa toksik birikmalar bölişi kerak emas. Şuningdek u epidemiologik jihatdan xavfli bölmasligi, işlab çiqariş çiqindilari, qattiq predmetlar, toş, şağal, mayda toş, quriliş çiqindilari bilan ifloslangan ham bölmasligi kerak.
Bunda olinişi lozim bölgan tuproqning unumdor qatlami quyi çegarasida gumusning massa uluşi yarim çöl, toğoldi, çöl-daşt zonalarida kamida 1%ni, çöl zonalarida esa kamida 0,7%ni taşkil etişi kerak.
Loyihada işlarning quyidagi bosqiçlari nazarda tutilgan. Avvaliga şudgorga tutaş uçastkalarda yoki boşqa qişloq xöjaligi yerlarida foydalaniş uçun eng unumdor haydaladigan qatlam yoki gumus qatlamining ustki qismi olinadi. Söng unumdor qatlamning hammasi olinadi. Olingan unumdor qatlamdan quriliş hududlarini (temir yöl yoki şosse yöli va h.k.) kökalamzorlaştiriş uçun foydalanilişi mumkin.
Muayyan sabablarga köra unumdor qatlamdan darhol va bevosita foydalanib bölmasa, unumdorligi yöqotilişining oldini oliş va keyinçalik foydalaniş maqsadida konservatsiya uçun ağdarib saqlanişini nazarda tutiş zarur.
Tadbirkorlarning unumdor tuproq ustida imorat qurişlari taqiqlanadi
16:10 / 27.11.201814 7373 min













